• nutrients

Taomlarni qanday to’g’ri taqdim etish lozim

zamonaviy

Odob ahloq qoidalari oddiy va mantiqiydir. Ularni barchasini bilish restoran va uyda bo’ladigan tantanaviy kechalarda noqulay vaziyatlarni oldini oladi. Odob ahloq qoidalariga taomlarni taqdim etish ketma ketligi ham kiradi.

Kechalarda keng tarkalgan taom tarqatish ketma ketligi quyidagicha kechadi: gazaklar, sho’rvalar, baliq, go’sht, pishloq va shirinliklar. Albatta taomlar soni chegaralanmagan va majburiy emas u biz qancha taom tayyorlashimizga bog’liq. Eng yaxshisi to’rt va besh xil taom taqdim etganimiz va kichik kechalarda esa ushbu raqamni uchga tushirganimiz ma’qul. Uyda kecha uyushtirayotgan paytimizda biz bir nechta qoidalarni bilishimiz lozim. Gazaklar mehmonlar kelgunga qadar dasturxon ustida bo’lishi kerak. Mezbon sho’rva va go’shtni taqdim etishi lozim bundan tashqari mezbon sous va salat solingan idishlarga ham e’tibor berishi lozim.

Mehmonlarga taom taqdim etish ketma ketligi biz haqimizda ko’p ma’lumot beradi. Taom berishni yoshi kattalardan (birinchi ayollar) boshlashimiz, o’zimizga esa mezbon sifatida eng oxirida taqdim etishimiz lozim. Taomlarni qo’lda taqdim etish kerak emas. Barcha taomlar mehmon orindig’ining o’ng tarafidan taqdim etilishi lozim. Huddi shu usulda sharob yoki suv idishlarini to’ldiramiz. Ichimlik tanlovi va taqdim etilishi mezbonning vazifasidir. Ichimliklar avval ayol keyin esa erkak mehmonlarga quyilishi lozim.

Purple_Party_Planner_uz-ORDER

Restoran va tantanali kechalarda taomlarni taqdim etish qoidalarini ko’rib chiqing.

Kechadan zavqlaning va ko’proq bilib oling:

Kechki ovqat iste’mol qilishda ilhomlanish – maslahat va hiylalar, “Qanday qilib”lar, o’zini tutish odobi

, , , ,