• nutrients

Stolga qoshiq va pichoqlarni qanday joylashtirish lozim

zamonaviy

Did bilan tuzalgan dasturxonsiz bejirim kechki taomni tasavvur etish qiyin. Likop va pichoq qoshiqlarni joylashtirish san’ati dasturxonda o’zini tutish odobi bilan birgalikda o’rganish lozim bo’lgan bilimlardir. Bunga har kim tayyor bo’lishi kerak bo’lgan tadbirdir.

Evropacha joylashtirish usuli sanchqini chap tarafda, va pichoq hamda qoshiqlarni o’ng tarafda ishlatilishiga qarab qo’yishni talab etadi. Artilgan, bir xil sanchqi pichoqlar likopni har ikki tarafiga qo’yiladi – birinchi navbatda ishlatiladigan pichoq va sanchqilar, qatorni tashqi tarafiga qo’yiladi.

Likopni chap tarafiga qo’yilgan sanchqilar ishtaha ochuvchi va asosiy taom uchun ishlatiladi o’ng tarafda esa gazak uchun pichoq, sho’rvalar uchun qoshiq va asosiy taom uchun pichoq joylashtiriladi. Agarda siz baliq tayorlayotgan bo’lsangiz u holda oddiy sanchqi va pichoq o’rniga baliqqa mo’ljallangan maxsus pichoq va sanchqi qo’yishingiz lozin. Baliq uchun pichoq va sanchqi keng yelka shaklidadir, u hech narsa kesmaydi faqatgina go’shtni suyaklardan ajratish uchun ishlatiladi.

Sho’rva uchun qoshiq o’ng tomonga pichoqlar orasiga joylashtiriladi. Qahva/choy qoshig’i likopning yuqori tarafiga joylashtiriladi. U o’ng tarafga qaratilgan bo’lishi lozim. Yana shirinlik uchun sanchqi chap tomonga qaratilgan bo’lishi lozim. Benuqson tartib va simmetriya dasturxon tuzashda juda muhimdir. Barcha qoshiq va pichoqlar stol qirg’og’idan 1sm masofada joylashtirilishi lozim. Agarda stol ensiz bo’lsa shirinlik uchun sanchqi va qahva/choy qoshiqni olib tashlash mumkin. Ular dasturxonga desert bilan birga qo’yilishi mumkin.

Stolga qoshiq va pichoqlarni qanday joylashtirish lozim

Do’stlaringizga ushbu infografikani ko’rsating va oqshom yangi malakalarni sinab ko’ring.

Kechki ovqat iste’mol qilishda ilhomlanish – maslahat va hiylalar, “Qanday qilib”lar, o’zini tutish odobi

 

, , , , , ,