• nutrients

Qahvaning foyda va zarari

chiroyli

Odatda, qahva eng so’nggi hissiyotlarni chaqiradi: biz yo bu ichimlikni sevamiz, yoki umuman ushbu ichimlikka befarqmiz. Ko’pchilik qahvasiz bir kun ham yashay olmaydilar. Afsuski qahvani har kim bilishi kerak bo’lgan ikki xil tabiati bor.

Ba’zi insonlar qahvani ta’mi uchun ichadilar, boshqalar esa kunlik energiyani olish uchun. Bundan tshqari qahva sog’lig’imizga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Birinchi o’rinda u qarishni sekinlashtiruvchi kuchli antioksidant. Yana ichimlik qondagi yomon xolestirinlarni darajasini kamaytiradi, aterosklerozni rivojlanishini va yurak qon tomir kasalliklarini oldini oladi. Ilmiy izlanishlarga ko’ra qahva iste’moli bosh og’rishlar sonini kamaytiradi, II tipdagi diabet bilan, saraton va Parkinson hamda Altsgeymer kabi boshqa xastaliklar bilan kasallanish xavfini kamaytiradi. Qahvani yana bir yaxshi tarafi u kariesni va astma xavfini kamaytiradi. Izlanish natijalari shuni ko’rsatadiki qahvani doimiy ravishda iste’mol qilish qisqa muddatli hotirani yaxshilaydi va ilm olishga yordam beradi.

Qahva ichishdan bo’lgan zarar foydasidan ko’ra kamroq biroq shuni yodda tutish kerak. Birinchidan ichimlik tanadan kalsiy, magniy va B vitaminini yuvib chiqadi. Bundan tashqari oshqozon bilan muammo bo’lganda qahvadan voz kechish lozim chunki ushbu ichimlik oshqozon suyuqligini ko’proq ishlab chiqarishga undaydi. Agarda siz qahvani tez-tez ichib tursangiz u holsizlantiradi va asabiy qilib qo’yadi hamda uyqu bilan bog’liq muammolarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun qahvaning kunlik iste’moli me’yordan oshib ketmasligi lozim.

Qahvaning foyda va zarari

Qahvani ko’p bo’lmagan miqdori salomatlik uchun foydalidir.

Ko’proq ma’lumot oling va ilhomlaning:

Brokkolini salomatlikka foydasi

, , , , , , , ,