• nutrients

Qahva – sezgilarimizni kuchaytiruvchi ichimlik.

chiroyli

Turli qo’shimchalar sevimli ichimligingizni xususiyatini xilma xil qiladi va kulinar tasavvuringizni kengaytiradi. Ular ta’m sezishni uzaytirishda, barcha turdagi qahvaga hid va tabiiy rang berishda yordam beradi.

Hid, ko’rinish va maza qahva ichishda baho beriladigan eng muhim faktorlardir. Biroq, shaxsiy istaklar ham muhim o’rin o’ynaydi.

Ko’rish hissi      
Birinchi soniyalardayoq bizning ko’rish qobiliyatimiz qahvani sifatiga ta’m yoki hidni his etishdan avvalroq baho beradi. Ko’rish hissi qahva ko’pigini rang yorqinligi, teksturasi va tabiiy tuzilishini baholashda yordam beradi. Bundan tashqari qahvani taqdim etish usuli ham ko’rish hissimizga ta’sir etadi. Biz fikrimizni ichayotgan qahvamiz krujkasi yoki finjoniga, qahvamiz bezagiga, ya’ni ko’pirtirilgan qaymoq, shekolad kukuni, yong’oqlar va apelsin po’stlog’I qirrindisi bilan bezatilganligiga qaratamiz.

Hidni sezish hissi
Burun qahvadan taralayotgan hushbo’y hidlarini sezadi. Inson burni 10 000 dan ortiq turli hushbo’y birikmalarni farqlay oladi. Ta’m sezishni 80% hid sezish orqali aniqlanadi. Hidni sezish hissini qahvaga turli qo’shimchalar qo’shish orqali kuchaytirish mumkin. Ulardan ko’proq qo’llaniladiganlari dolchin, vanillin va kardamon har bir qahva ta’mini ham boyitadi.

Ta’mni sezish hissi
Inson tili to’rt asosiy ta’mni sezadi: shirin, sho’r, nordon va achchiq. Hushbo’y qilingan sirop va asal boshqa qo’shimchalar bilan birga noyob aralashma hosil qilib qahva ta’mini boyitishi mumkin.

Qahva – sezgilarimizni kuchaytiruvchi ichimlik.

Do’stlaringiz bilan birga eng mazali qahva tayyorlashga urinib ko’ring.

, , , , ,