• nutrients

Pishirilgan sabzavotlarni ta’mini qanday qilib mazaliroq qilish mumkin?

mazali

Taom tayyorlash qiyin jarayon emas buni har bir kishi a’lo darajada bajarishi mumkin. Biroq sabzavotli taomlarga to’g’ri ta’m berish qiyindir. Go’sht va baliqlarni pishirishdan bir necha soat avval marinadlash mumkin bo’lsa, qaynatish uchun esa biz xom sabzavotlardan foydalanamiz. Sabzavotlarga qanaqa ziravorlar qo’shish mumkin?

Bug’da yoki suvda taom tayyorlashning an’anaviy usulida biroz sevimli giyoh yoki ziravorlarni qo’shish kifoya qiladi. Ayniqsa yangi giyoh va quritilgan ziravorlar. Ularning hidi qaynatilgan sabzavotlar uchun yaxshidir.
Rayxon juda kuchli farqli hidga ega o’simlikdir. U ko’proq Italyan taomlarda qo’llaniladi. Biz undan pishloq, sendvich va baliqli taomlar ta’mini kuchaytirish uchun foydalanishimiz mumkin. Agarda siz pomidorlarga asoslangan biror bir taom tayyorlayotgan bo’lsangiz u holda rayxon eng yaxshi tanlovdir.

Jambil taom ta’mini o’zgartiribgina qolmay salomatlikni ham yaxshilaydi, misol uchun u nafas olish muammolarida tavsiya etiladi. Jambil ko’proq Fransuz taomlarida keng ishlatiladi. U go’shtli taomlarda ayniqsa kiyik go’shti, no’xat sho’rva va baliqli taomlarda ishlatiladi.

Rozmarin yoqimli hid biroz nordon ta’mga ega bo’lib go’shtli, baliqli, guruch, sho’rvalar va salatlar uchun eng zo’r qo’shimchadir. U dunyoning ko’plab davlatlari taomlari uchun a’lodir chunki u nordon va shirin taomlarning mazasini chiqaradi.

Pishgan sabzavotlarning mazasi souslarga qarab ham o’zgarishi mumkin. Souslarni o’zimiz tayyorlasak u yanada yaxshiroq ta’mga ega bo’ladi. Faqatgina bir masala, taomimiz uchun qaysi sousdan foydalanishimiz lozim? Tanlov, uni qaysi taom turimiz uchun ishlatishimizga bog’liqdir. Eng mashhur va universal qo’shimchalar bu sarimsoq, karri va tzatziki souslardir.

Pishirilgan sabzavotlarni ta’mini qanday qilib mazaliroq qilish mumkin?

Taomlaringiz uchun ziravorlardan foydalaning va uni mazasi qanday zo’rligini ko’ring

Zavqlaning va yarating:

MAHSULOTLAR Kaloriya va ozuqa jadvali

, , , , , ,