• nutrients

O’zingiz qanday qilib makaron tayyorlashingiz mumkin

mazali

Bunga ishonish qiyin biroq oddiy xamir tayyorlash uchun sizga un, tuxum va bir chimdim tuz kabi oddiy masalliqlar kerak bo’ladi. Agarda uyda makaron tayyorlashga hali ham o’zingizga ishonch hosil qilolmayotgan bo’lsangiz ba’zi maslahatlarga e’tibor qiling.

Muvafaqqiyatga erishishning birinchi qadami bu quruq masalliqlarni tanlash – 3 kishilik makaron tayyorlash uchun sizga 200 gram un va 1 choy qoshiq tuz kerak bo’ladi. Ularni xamir tayyorlash uchun mo’ljallangan toza va tekis joyga qo’ying. So’ngra bir joyga to’plang ustiga bir dona tuxum sig’adigan joy qiling. Tuxumni chaqib unga qo’shing, aralashtirib xamir hosil qiling.

Xamirni ozroq un sepilgan joyda tekis va elastik holga kelgunga qadar qoring. Agarda u quruq bo’lib masalliqlar aralashmasa qoshiqda suv qo’shing. Agar juda yumshoq bo’lib ketsa qoshiqda un qo’shing. Xamirni 15 daqiqaga ustini sochiq bilan yopib tindiring. Bu orqali siz tuxum (va suvni agarda ishlatgan bo’lsangiz) namligi taqsimlanishiga erishasiz va bu keyingi harakatlaringizni yengillashtiradi.

Keyingi bosqich bu hamirni bir nechta teng bo’laklarga bo’lishdir. Xamirni kichik bo’lagiga ozroq un sepib taxminan 1½ sm qalinlikda to’rtburchak hosil qiling. Xamirni xamir yoygich uskunasidan oxirgi darajaga qo’yib o’tkazing hosil bo’lgan xamirni o’rtasidan buking va ikkala tarafidan yengilroq ezib chiqing.

Uy sharoitida makaron tayyorlashning oxirgi pog’onasi bu unga shakl berish. Unga oddiy shakl bermoqchi bo’lsangiz o’tkir oshxona pichog’i yoki pitsa va tort uchun maxsus pichoq bilan kesing.

UZ-pasta-final

 

O’zingiz va do’stlaringizga uy sharoitida makaron tayyorlang

Mazali retseptlarni bilib oling:

Sitsiliya spagetisi – Tunesli Italyan lag’mon

, , , , ,