• nutrients

Nafaqat kichik qora – barcha turdagi qahvalarni bilib oling

chiroyli

Espresso, kappuchino, latte ... qahvaning turlari juda ham ko’pdir, va har birimizning yaxshi ko’rganimiz bo’lsa kerak. Ba’zilar uchun eng yaxshisi bu hech qanday qo’shimchasiz achchiq qora qahvadir, boshqalar esa turli ta’mni totib kp’rishni va sutli, qaymoqli, dolchinli, sheqoladli va vanilinli qahvani ichishni xush qo’radilar. Turli qahvalar to’g’risida ko’proq o’qing.

Espresso
Bu Italyan kulinar an’analari bilan bo’g’liq bo’lgan mumtoz qahvadir. Espresso ko’plab qahva ichimliklari uchun asosdir.Yaxshi tayyorlangan qahvani ustidagi ko’pigidan bilishingiz mumkin. Mumtoz Italyan espresso tsilindr shaklida bo’lgan kichik finjonlarda taqdim etilishi lozim.

Espresso Lungo
“Lungo” “Uzun” demakdir unga ko’proq suv talab etiladi va mumtoz espressodan uzoqroq tayyorlanadi. U kuchsizroqdir biroq achchiqroq ta’mga ega.

Kappuchino
Bu Kapuchin rohiblari tomonidan kashf etilgan eng mashxur qahva turlaridir. Kapuchino teng miqdordagi qaynatilgan espresso, qaynoq sut, va sut ko’pigidan tashkil topgan yumshoq ichimlikdir. Ichimlikni ustiga odatda dolchin, shekolad qirrindisi sepiladi.

Caffè latte
Nomi oddiygina sutli qahvani anglatadi. Caffè latte katta idishlarda taqdim etiladi: uzun shisha idish yoki katta finjonlarda. Caffè latte odatda kuyidagi nisbatlarda tayyorlanadi: 1/3 espresso va 2/3 sut.

Latte macchiato
Latte macchiato uch qavatdan iborat katta porsiyadir: pastki qavatida sut, o’rtasi espresso va ustki qavati sut ko’pigidan iboratdir. Ushbu turdagi qahva odatda uzun qoshiq bilan taqdim etiladi.

Mocha
Mocha Lattening bir turidir. U 1/3 espresso, 1/3 qaynoq sut va 1/3 qora yoki oq shekolatdan iboratdir. Latte yoki kappuchinodan farqli, mocha tarkibida ko’pik mavjud emas. Odatda u ko’pirtirilgan qaymoq bilan taqdim etiladi.

Nafaqat kichik qora – barcha turdagi qahvalarni bilib oling

Yoqtirgan qahvangizni tanlang va do’stlaringiz bilan yaxshi vaqt kechiring.

Ilhomlaning va ko’proq bilib oling:

Italiya taomlari