• nutrients

Kunlik dietamizdagi tuz – foydalimi yoki zararli?

foydali

Tuzni – oq ajal deb nomlash biroz oshirib yuborilgan. Natriy xloridi yuqori himoyalovchi xususiyatlarga ega hamda taomimiz ta’mini yaxshilaydi.

Tuz, tanamizdagi ko’plab jarayonlarda muhim o’rin tutadi, natriy ionlarining asosiy manbaidir. Ular mo’tadil qon bosimini ushlab turish, suv boshqaruvini tartibga solish va asab tizimini bir tekisda faoliyat ko’rsatishda qatnashadilar. Tuz so’rilishi hayotimiz uchun keraklidir. Shunday ekan nima ucun tuz yomon obro’ga ega?

Tadqiqotlarga ko’ra oddiy tuz iste’moli ko’pincha oshirib yuboriladi ekan. Tuzni ko’p iste’mol qilish katta zarar keltiradi va salomatligimiz uchun yomon ta’sirga ega. Ortiqcha tuz qon bosimini oshishiga olib keladi va yurak qon tomir kasalliklari xavfini oshiradi. Tuzni ko’p iste’moli tanada suv to’planishiga olib keladi, oyoqlarni shishiradi va og’irlik hissini bag’ishlaydi. Bundan tashqari oqsil moddalar almashinuvi buziladi.

Tuz iste’molini kamaytirish salomatligingiz va o’zingizni yaxshi his etishingizga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Shunday ekan biz qanday qilib “tuz tuzog’idan” qochishimiz mumkin? Birinchi navbatda taomda ishlatiladigan tuz miqdorini asta sekinlik bilan kamaytirish lozim. Yana, siz mikro to’lqinli pechlarda yoki duxovkada isitiladigan va konservalangan yarim tayyor mahsulotlar iste’molini kamaytirishingiz lozim bo’ladi. Siz yana tuz o’rnini bosuvchi turli mahsulotlardan foydalanishingiz mumkin. Ularning eng ommaviylari rozmarin, rayhon, jambil va timyan kabi ziravorlardir.

Kunlik dietamizdagi tuz – foydalimi yoki zararli?

Tuzni ehtiyotkorlik bilan ishlating va salomatligingizni himoya qiling.

Ko’proq bilib oling:

Ozuqa piramidasi
Foydali Oziqlanish bo’yicha maslahatlar

, , , , , , ,