• nutrients

Kunlik dietadagi suv

foydali

Suv tanamiz massasini 60% tashkil etuvchi eng muhim tarkibiy qismdir. U ko’plab muhim biologik va fiziologik vazifalarni bajaradi. Shuning uchun uni tanamizdagi darajasini to’ldirib turish lozim.

Suv doimiy ravishda tanamizdan buyraklar, o’pka va teri orqali ajralib chiqadi.

Suv yo’qotishning asosiy yo’li bu Buyraklar orqalidir. Ushbu ajratish juda o’zgaruvchandir va tananing gidratatsiyasiga bog’liqdir. Bu odatda 1.4 litrni tashkil etadi.

O’pka alveoladagi namlik sababli suv yo’qotadi. Chiqarilayotgan havo quruqroq bo’lganida qo’proq suv yo’qotiladi. Ushbu yo’qotishlar tana harorati ortishi va jismoniy mashqlar orqali yanada ko’payadi. Bularning oqibatida odatda kuniga 0.3 litr suv yo’qotiladi biroq bu raqam 2 litrgacha ko’tarilishi mumkin!
Teri ham doimiy ravishda suv chiqaradi. Bu terlash orqali yuz beradi. Buni sezmasak ham biz terlaymiz. Odatda, bu yo’l orqali biz kuniga 0.5 litr suv yo’qotamiz. Ushu miqdor intensiv jismoniy harakat orqali va atrofdagi harorat ko’tarilganda 1.5-2 litr va undan ham ko’proq bo’lishi mumkin.

Qabul qilingan suyuqlik inson tanasidagi suvning asosiy manbaidir. Ichimliklar, ayniqsa madanli suv, siqilgan mevalar va sabzavotlar, choy va qahva kunlik ichilgan suvlarning taxminan 62%ni qoplaydi. Meva va sabzavotlar organizmning ikkinchi suv manbaidir. Ular kun davomida qabul qilingan suv miqdorini 18-20%ni qoplaydi. Suv oz miqdorda sut va sutli ichimliklar, go’sht va hattoki donlar kabi turli mahsulotlar orqali qabul qilinadi.

Kunlik dietadagi suv

Do’straringizga infografika orqali nimalarni o’rganganingizni aytib bering

 

, , , , , , , , ,