• nutrients

Kechki ovqat uchun sharob – uni qanday taqdim etish kerak?

zamonaviy

Spirtli ichimlikni to’g’ri taqdim etish rasmiy ovqatlanish davomida odob-axloqning muhim qismi hisoblanadi. Bizga ma’lumki ko’plab kechalarda oz miqdorda bo’lsa ham spirtli ichimliklar taqdim etiladi. Masala ularni to’g’ri taqdim qila olishda.

Qadahlarni asosiy likopning o’ng tarafidan yuqoriga joylashtiriladi, biz odatda uni o’ng qo’limiz bilan ushlaymiz. O’n tarafdan boshlab birinchi oq sharob keyin esa qizil sharob uchun qadah qo’yamiz. Suv uchun qadahni chekkaroqqa qo’yamiz, uni ziyofat davomida olish qulay bo’lsin. Shuni eslatib o’tish kerakki shirinlik uchun qadahlar kechadan avval joylashtirmaslik lozim, faqatgina qahva yoki choy taqdim etilgandagina qo’yiladi.

To’g’ri tanlangan qadahlar, estetik vazifani bajaribgina qolmay sharobni rangiga, ta’miga va mazasiga baho berishda yordam beradi. Sharob qadahlari rangsiz va yupqa shishadan bo’lishi lozim. Faqatgina shunda sharobni tarkibini ko’rish mumkin bo’ladi. Sharob ta’miga baho berishda qadahning shakli juda muhim o’rin tutadi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki har xil qadahlarda taqdim etilgan ayni bir sharobning ta’mi shunday farqli bo’lganki ularni ayni ichimlik deb xulosa berish mumkin bo’lmagan.

Eng universal qadah bu tuxum shakliga ega bo’lganidir. Ichish davomida qadahni qanday tutishimiz ham muhimdir. Ichimlikni isitib qo’ymaslik va ustini iflos qilmaslik uchun qadahni oyoqchasidan ushlash lozim.

Kechki ovqat uchun sharob – uni qanday taqdim etish kerak?

Ushbu qoidalardan to’g’ri foydalaning, qo’llaning va dasturxoningiz ko’rkam bo’lishini kuzating.

Kechadan zavqlaning va ko’proq bilib oling:

Zamonaviy ziyofat qilish va kechki ovqatlanish
Dasturxoningizdagi sabzavotlar