• nutrients

K vitamini tufayli qonni yaxshi ivish

foydali

K vitaminini ijobiy ta’siri suyaklarni kuchli bo’lib rivojlanishi va qon tomir tizimini sog’lom qilishi yaxshi ma’lum. Biroq inson tanasi K vitaminini o’zini sintez qilishga qodir emas. Uni ozuqa bilan ta’minlash zarur.

K vitamini qon ivishida muhim o’rin tutadigan, jigarda protrombin ishlab chiqishi uchun muhimdir. Yana jigarda qon ivishi uchun ishlab chiqiladigan boshqa faktorlar K vitamini bo’lishini talab etadi. Protrombin yoki boshqa faktorlarni yetishmasligi qon ivishini sekinlashtiradi yoki unga umuman yo’l qo’ymaydi, natijada eng kichik jarohat ham uzoq qon ketadi ishiga sabab bo’ladi.

K vitamini yana kalsiyni suyaklarga so’rilishiga ta’sir qiladi. K vitamini uzoq muddat yetishmasligi osteoporozga olib kelishi mumkin – suyaklar nimjon va sinuvchan bo’lib qoladi. Yaxshiyamki ushbu yetishmaslik juda kam uchraydi va sog’lom insonlar ortiqcha qo’shimchalarga ehtiyoj sezmaydilar. K vitamini yetishmasligi og’ir ichak va jigar kasalliklari hamda uzoq muddat antibiotiklar bilan davolashdan kelib chiqadi. Xolesterolni kamaytiruvchi dorilar K vitaminini qonga so’rilishini kamaytiradi. Antikougulyant qabul qiluvchi bemorlarda K vitamini ta’siri to’silib osteoporozga olib kelishiga sabab bo’ladi.

Inson xech bir K vitaminini sintez qila olmaydi. Shuning uchun uni ozuqa bilan ta’minlab turish lozim. K vitamini asosan yashil bargli sabzavotlarda (masalan brokkoli, latuk salat, karam, ismaloq) kulupnay, soya, va ba’zi hayvon mahsulotlarida (masalan tuxum, mol jigari) uchraydi.

K-UZ

K vitamini yordamida suyaklaringizni mustahkamlang

Salomatligingiz to’g’risida ko’prok bilib oling:

Sabzavotlar – dasturxoningizdagi vitaminlar
Yashil dieta bu foydali dieta
Sariq sabzavotlar ko’zingiz va teringiz uchun eng yaxshi dori

, , , , ,