• nutrients

Ideal makaron qanday tayyorlanadi?

mazali

Italyan taomlarini sevuchilar uchun makaron eng a’lo tanlov. Biroq ko’pincha makaron tarkibidagi yuqori darajadagi kraxmal hisobiga o’z shaklini yo’qotadi. Buning natijasida taomingiz ko’rimsiz va mazasiz bo’lib qoladi. To’g’ri tayyorlangan makaronlar taomingiz ta’mini faqat yaxshilaydi.

Agarda siz bir nechta qoidalarga amal qilsangiz makaron tayyorlash juda osondir. Quyida italyanlarning o’zidan makaronni qanday qilib to’g’ri tayyorlash bo’yicha maslahatlar olasiz.

1. Barcha makaronlar har xildir.

Makaron sifati masalliqlar sifatiga bog’liq. Tayyorlash esa makaroningiz oily sifatli bo’lganmi yo’qmi bilib olish uchun oddiy sinov xolos. Agarda makaron qaynatilgan suv shaffof bo’lib qolsa makaronlar esa chiroyli yaltiroq bo’lib qolsa u holda bizning makaronimiz sifatlidir.

2. Suv, suv, suv.

Ko’pchilik insonlar makaron tayyorlash uchun judda kichik idishdan foydalanadilar yoki yetarlicha suv quymaydilar. 100 gramm makaronga 1 litr suv nisbatda bo’lishi kerak.

3. Tuz

Suvga tuz qo’shish makaron ta’mini kuchaytiradi. Tuzni suv qaynashga kelganda makaronlarni solishdan avval tashlang. Ideal nisbat – 1 litr suvga 7 gramm tuz.

4. Yog’ va suv aralashtirilmaydi

Agarda makaron yuqori sifatli bo’lsa u holda yog’ qo’shilmaydi. U makaronni ustini yupqa qilib qoplaydi natijada makarondan oqib ketadigan suyuqlik hosil bo’ladi.

5. Qaynab chiqqan makaronlarni sovuq suvda chayish kerak emas.

Tayyor makaronni sovuq suvda chayimang. Bunday qilib siz makaronda sousni ushlab turuvchi yupqa kraxmal qatlamini yuvib tashlaysiz.

Ideal makaron qanday tayyorlanadi?

Ideal makaron uchun bir nechta oddiy qadamlar.

Ko’proq mazali retseptlarni shu yerdan toping:

Sitsiliya spagetisi – Tunesli Italyan lag’mon

, , , , ,