• nutrients

Foydali oziqlanish piramidasi bizga nimani anglatadi?

foydali

Experts offer us a new way of healthy eating, which is based on physical activity. What are the rules of the healthy diet pyramid? What should be included in a healthy diet, and what shouldn’t?

JISMONIY FAOLIYAT
Siz har kuni kamida 30-45 daqiqa mashq qilishingiz lozim. Doimiy mo’tadil mashqlar sog’lom dieta bilan uyg’unlashtirilsa qon bosimi ortishini oldini oladi. Bu yana diabetlarni oldini oladi va qondagi xolesterol darajasini kamaytirishda yordam beradi.

DON MAHSULOTLARI
Don mahsulotlari tana uchun asosiy quvvat manbaidir. Ularning tarkibi mineral va vitaminlar hamda ichak faoliyatini muvofiqlashtiruvchi tolalarga boydir. Sizning kunlik menyuingiz kamida 5 porsiya don mahsulotlarini o’z ichiga olishi kerak.

MEVA VA SABZAVOTLAR
Sabzavot va mevalar asosiy taomlar bir qismi sifatida kuniga kamida 5 mahal iste’mol qilinishi lozim. Biz o’zimizning dietamizni yangi, muzlatilgan yoki quruq mevalar bilan boyitishimiz hamda tabiiy sharbatlar ichishimiz lozim.

SUT VA SUT MAHSULOTLARI
Sut va sut mahsulotlari sog’lom suyak va tishlar hosil qilishda muhim bo’lgan dietaning kalsiy manbaidir. Kamida 3-4 porsiya sut yoki yogurt, saryog’, pishloq kabi mahsulotlarni iste’mol qiling.

OQSIL MAHSULOTLARI
Go’sht mahsulotlari, baliq, dukkaklilar va yong’oqlar protein, minerallar va B guruh vitaminlarning qimmatli manbaidir. Biz har kuni ushbu mahsulotlardan ikki porsiya iste’mol qilishimiz lozim.

YOG’LAR
Yog’lar faqatgina taomlarga qo’shimcha bo’lishi lozim. Dietangizdagi yog’larning asosiy qismi baliq, yong’oqlar va o’simlik yog’laridan hosil bo’lishi kerak. Qovurish uchun esa zaytun yoki kanola yog’idan foydalaning.

Foydali oziqlanish piramidasi bizga nimani anglatadi?

 O’ZINGIZNI FOYDALI PIRAMIDANGIZNI BARPO ETING

Zavqlaning va quyidagilar bilan yarating:

Foydali ozuqa va dietalar
Ozuqa piramidasi
Jismoniy faoliyatlar

, , , , , ,