• nutrients

E vitamini foydasi

foydali

E vitamini A, D, va K vitaminlar bilan birga yog’ parchalovchi vitaminlar guruhiga kiradi. Bu degani ular tanada yog’ to’qimalari va buyrak usti bezlarida to’planadi.

E vitamini A va C vitaminlaridan keyin turadigan erkin radikallar ta’sirida hujayra shikastlanishidan va ishqoriy stresslardan himoya qiluvchi kuchli antioksidantdir. E vitamini yana faol antikoagulyant sintezida ishtrok etadi va hujayra membranasidan o’tishni yaxshilaydi hamda qondagi trombotsitlarni to’planishini kamaytiradi. Bundan tashqari E vitamini qon qizil tanachalarini himoyalashda, genlarni belgilashda va asab tolalarida impulsni tana bo’ylab o’tishida ishtrok etadi. U yana ko’zni to’g’ri faoliyat ko’rsatishida yordam beradi.

Tanada E vitaminini etishmasligi kam uchrasada mukovissidoz va oshqozon bilan bog’liq kasalliklari bo’lgan insonlar bunga moyil bo’ladi. Tanamizda E vitamini etishmasligining asosiy belgisi bu charchash, kam qonlik, asab tizimini buzilishi, muskullar degeneratsiyasi va infeksiyalarga ta’sirchan bo’lishdir.

E vitamini faqat o’simliklar tomonidan ishlab chiqiladi. Eng qimmatli tabiiy manba bu yog’lar ayniqsa bug’doy yog’i. E vitaminining yaxshi manbalari bu yong’oqlar, donlar va yashil bargli sabzavotlar: latuk salat, ismaloq va karam.

UZ-VITAMIN-E

Menuingizni E vitaminiga boy bo’lishini rejalashtiring

Salomatligingiz to’g’risida ko’proq bilib oling:

Sabzavotlar – dasturxoningizdagi vitaminlar
Yashil dieta bu foydali dieta
Sariq sabzavotlar ko’zingiz va teringiz uchun eng yaxshi dori

 

, , , , ,