• nutrients

Dietangizdagi shakar

foydali

Shakar birinchi bo’lib ma’lum bo’ladigan ta’mdir, va biz uni eng yosh paytimizdan yaxshi ko’ramiz. Bizning shakarli taomlarni afzal ko’rishimiz va ularni keng tarqalganligi dietamizda uni ko’p miqdorda bo’lishining asosiy sababidir.

Shakarni odatda bilinmas qotil deb nomlashadi. U doimo har yerdadir. U sharbatlar, salqin ichimliklar, yormalar kabi ko’plab mahsulotlarda mavjuddir.

Shakarni immunitetga qarshi ta’siri uni so’rilishidan 30 daqiqa o’tib boshlanadi. Misol uchun shakarga boy dieta qonda shakar miqdori oshishi bilan bog’liq xastaliklarga chalinish xavfini oshiradi va kayfiyat tushishi, vazn ortishi, charchash, bosh og’rishi, garmonal muvozanat buzilishi va boshqa yoqimsiz belgilarni keltirib chiqadi. Shakar ozuqa bilan ta’minlamaydi faqatgina bo’sh kaloriyalar beradi. Shakar iste’molini to’xtatsangiz va nafsingizni tiysangiz siz muvozanatlashgan energiya darajasi, vazn yo’qotish, immunitet yaxshilanishi va teran fikrlash qobiliyati kabi foydalarini sezasiz.

Shakar iste’molini cheklash avvaliga imkonsiz tuyuladi biroq bu siz o’ylagandan ham osondir. Siz faqatgina bir nechta oson maslahatlardan foydalanishingiz kerak. Agarda siz qand yoki shekolad bilan tamaddi qilmoqchi bo’lsangiz ularni yangi yoki quritilgan mevalar bilan almashtirishingiz lozim. Ularni shirinligi to’g’ri, biroq ularning tarkibida qimmatli foydali vitaminlar, minerallar va tolalar mavjud. Siz yana rangli gazlangan ichimliklar iste’molini kamaytirishingiz lozim. Ularni 100% meva sharbatlari, ma’danli suv yoki shirin bo’lmagan choylar bilan almashtirishingiz lozim. Siz yana shakarni o’rnini bosish uchun tabiiy asaldan foydalanishingiz mumkin.

Dietangizdagi shakar

Dietangizda shakar miqdorini cheklash immun tizimingizni kuchaytiradi.

Dietalar – eng sara dietalar to’plami
Sabzavotlardagi tabiiy filtrlar

, , , , , , , ,