• nutrients

Arabika va Robustaning farqi nimada?

chiroyli

Arabika qahvasi eng yuqori sifatning sinonimidir. U biroz nordon va shekolad ta’mini beradi. Robusta ancha o’tkirroq va nordonroq chunki unda kafein miqdori ko’proqdir.

Arabika qahvasi eng mashhur va eng qadimiy qahva turlaridan biridir. Dunyodagi qahvalarning taxminan 70% ushbu turga tegishlidir. Arabika donlaridan hech qanday qo’shimchalarsiz yuqori sifatli qahva olsa bo’ladigan yagona turdir.
Arabika Efiopiyada yovvoyi shaklda uchraydi va Braziliya, Kolumbiya, Hindiston,Yava, Sumatra va Karibda yetishtiriladi. Arabika donlari yashil ba cho’ziqroq bo’ladi. Ular yumshoq va hushbo’y ba’zida shekolad va ziravorlar ta’mi bilan boyitilgan qahva beradilar. Nafis hid 1 va 1.7% oralig’idagi oz miqdordagi kafein bilan birlashadi.
Robusta qahvasi (coffea canephora) da ko’proq kafein bo’lib boshqa qahvalarni kuchaytirishda ishlatiladi. Robusta donlari Arabikadan ko’ra tez gullaydi va o’sadi. Yana, Robusta og’ir iqlim sharoitlarga chidamliroq. Robusta donlari odatda Arabika donlaridan kichikroq va yumaloqroq. Ularning rangi sarg’ish-yashil bo’lib o’tkir damlama beradilar. Robusta kuchli hid va ko’proq kafein miqdorga ega (2- 4.5%). U Markaziy va Markaziy-G’arbiy Afrika (Kamerun, Uganda) va V’etnamda yetishtiriladi. Robusta qahvasining ulushi dunyo bo’yicha 30% dan oshmaydi.

Arabika va Robustaning farqi nimada?

Do’stlaringizga Arabika va Robusta ta’mini bilishga imkon bering.

, , , , ,