• nutrients

Eng mashxur makaron souslari

mazali

Italiyada souslar ma’lum mintaqaga oid mahsulotlaridan tayyorlanadi. Davlatning shimolida trufellar va boshqa qo’ziqorinlar eng ko’p ishlatiladi, Genoada – xushbo’y pesto, Napolida – katta pomidorlar, Janubda – baliq va dengiz mahsulotlaridan foydalaniladi. Bugungi kunda souslarning barchasi o’xshashdir. Duniyo bo’ylab keltirilgan barcha yangi mahsulotlardan foydalaniladi.

Bolognese sousi Italiyaning Emilia-Romagna   mintaqasiga oiddir. Bolognese sousining asosiy tarkiblari bu sabzi, piyoz,   seldir, pomidor va qizil sharobdir. Italiyada u spagetti bilan taqdim   etilmaydi. Bolognese sousi uchun odatiy makaron bu tagliatelle – uzun yupka   lenta shaklida. Bolognese, béchamel sousli lazaniya bilan yaxshi ketadi.

Carbonara Lazio mintaqasiga oiddir va ba’zida Rimga ham. U an’anaviy tarzda tuxum,   bekon (odatda pancetta), murch qo’shilgan pecorino yoki parmezan pishlog’idan tayyorlanadi. Ushbu sous ko’proq spagetti bilan birga taqdim etilishiga   qaramay u uzun va yupka lenta shaklidagi bavette bilan ham taqdim etilishi   mumkin.

Qadimiy yashil pesto Liguria mintaqasi poytaxti Genoa dan kelib chiqqan. Uning   asosiy tarkibi: rayhon, sosna daraxti yong’oqlari, sarimsoq, zaytun yog’i, parmezan   pishlog’I va dengiz tuzi. Pesto a’lo darajada bavette, spagetti yoki   pishirilgan lazanya bo’laklari bilan yaxshi ketadi.

Arrabiata Latsio va Rim mintaqasiga oid boshqa bir sous. Chilli achchiq   qalampiri va sarimsoqni zaytun yog’ida tez va oddiy tayyorlanadi. Arrabbiata sousi   penne rigate bilan mazalidir. Makaronni qo’shimchalari bilan birga odatda   maydalangan petrushka bilan sepiladi. Undan yana pitsa uchun sous sifatida   foydalanish mumkin.

UZ-SAUCES

Makaron uchun sevimli sousingizni tanlang

Ko’proq mazali retseptlarni bilib oling:

Sitsiliya spagetisi – Tunesli Italyan lag’mon

, , , , , ,