• nutrients

Makaron shakllarining eng ommaviylari

mazali

Makaronlar turli shakl va o’lchamlarda ishlab chiqariladi. Ingichka makaronlar odatda suyuq ovqatlarda ishlatiladi, uzun lentasimonlari souslar bilan iste’mol qilinadi, g’ovak va boshqa g’aroyib shakllari zapekanka va saltlar qilishda ishlatiladi. Ba’zi makaronlar o’lchamlari katta bo’lganligi sababli ularni ichini to’ldirib pishirgan ma’qul va boshqalari esa ravioli kabi tayyor ichi to’ldirilgan holda ishlab chiqiladi.

Dunyo bo’ylab ko’p miqdorda makaron do’konlari mavjuddir. Biz makaron turlari haqida qisqa ma’lumot beramiz va undan har kim o’zi uchun boror narsa olishi mumkin.

Spagetti shubhasiz dunyodagi eng oddiy makaron turidir. Ushbu uzun sinuvchan makaron ko’proq asosiy taomlar uchun ishlatiladi. U turli pomidor va go’shtli souslar bilan birga juda mazalli bo’ladi.

Farfalle. Italyan tilida farfalle kapalak ma’nosini anglatadi va u shaklidagi makaron ham mavjud. Barcha turdagi sous va yengil salatlarga mos keladi va ayni vaqtda likopda chiroyli ko’rinadi.

Calamari. Uning shakli ajablanarli ravishda barchamizga ma’lum bo’lgan dengiz mahsulotiga o’xshash. U odatda sabzavotlar, souslar va baliq bilan tortiladi.

Lasagne. Ushbu turdagi makaron boshqa barcha turdagi makaronlardan kattadir. U to’rtburchak shaklidagi yupka qilinga hamrdir. Qoida tariqasida bir nechtasini pishirib go’shtli yoki sabzavotli qiyma bilan taqdim etishimiz mumkin.

Cannelloni bu qalin ichi g’ovak 1.5 – 2 cm diametrli makaron. U ichi pishloq, ismaloq yoki go’sht bilan to’ldirilib duxovkada pomidor sousi bilan pishirilganda a’lo ta’mga ega bo’ladi.

Penne bu boshqa dunyoga mashxur makaron. Italiyan tilida ruchka ma’nosini anglatadi. Uni odatda qiyshiq kesilgan trubka deb tasvirlashadi. Penne zapekanka va salatlar uchun eng odatiy makarondir.

PASTA-SHAPE-UZ

Yoqtirgan makaron shaklini toping

Ko’proq mazali retseptlarni bilib oling:

Kechki ovqat iste’mol qilishda ilhomlanish – maslahat va hiylalar, “Qanday qilib”lar, o’zini tutish odobi

, , , , , ,