• nutrients

Qadrlanmagan C vitamini

foydali

C vitamin xususiyatlari uzoq vaqtlardan beri dunyo bo’yicha meditsinada ishlatilib kelingan. C vitamini tanada sodir bo’ladigan ko’plab jarayonlarda ishtrok etganligi sababli uni to’g’ri faoliyat yurgizishi uchun muhimdir. Bundan tashqari C vitamini kuchli antioksidant bo’lganligi, qarishga ta’sir etuvchi erkin radikallarga qarshi kurashi sababli pardozlash mahsulotlarida ham qo’llaniladi.

C vitamini immunitetni kuchaytiradigan eng ommaviy vitamindir va unga shamollashni davolash vositasi sifatida qaraladi. Shuning uchun kuz va qish davri kasalliklari uchun uy dori qutisi uchun muhimdir. Uni doimiy ravishda qabul qilib yurish mashq qiluvchi yoki jismoniy mehnat bilan shug’ullanuvchi insonlarda shamollash xavfini oldini oladi. С vitamini qon tomirlarini mustahkamlashi orqali terini oson ko’karishi, qon ketishi va milklarni qonashini oldini oladi. U yana “zararli” xolesterollarni ishqorlanishiga turtki beradi va bu orqali patalogik aterosklerozni kamaytiradi.

C vitamini yetishmasligi kapilyarlarni nimjonlashtiradi natijada kam qonlikka olib keladi chunki bu modda qonga temirni so’rilishini kuchaytiradi. C vitamini manbalarini ichida birinchi o’rinni krestgulli sabzavotlar va reza meva lar egallaydi, ikkinchi eng muhim mahsulotlar kartoshkalardir, uchinchisi esa sariq va yashil sabzavot va mevalar, to’rtinchi qolgan sabzavot va mevalar guruhi (qulupnay, malina). Hayvonot dunyosida C vitamini kam uchraydi.

UZ-VITAMIN-C

Dietangiz C vitaminga boy ekanligiga ishonch hosil qiling

Salomatligingiz to’grisida ko’proq bilib oling:

Sabzavotlar – dasturxoningizdagi vitaminlar
Yashil dieta bu foydali dieta
Sariq sabzavotlar ko’zingiz va teringiz uchun eng yaxshi dori

, , , ,