• nutrients

A vitamin tanqisligini qanday oldini olish mumkin?

foydali

A vitamin ko’rish faoliyati uchun o’ta muhim. U yana immunitet tizimini mustahkamlaydi va infeksiyalardan himoya qiladi. Yana A vitamini soch va tirnoqlarni sog’lom ko’rinishi uchun javob beradi. U kuchli antioksidant sifatida erkin radikallarga qarshi kurashda muhim o’rin tutadi, ho’jayra membranalarini to’g’ri faoliyatiga va o’sishiga ham ta’sir ko’rsatadi.

Muvozanatlashgan dieta va A vitaminini yaxshi so’rilishi oqibatida uning tanqisligi bo’lmasligi kerak. Mahsulotlarda A vitaminini 3 manbai mavjud bo’lib ular uning 3 shakliga tegishlidir. Retinol hayvondan olingan mahsulotlarda uchraydi, beta-karotin (A provitamini) o’simliklardan olinadi, A karotenoidlar yog’lardan olinadi.

Tanada A vitaminini yetishmasligi A vitaminini noto’gri so’rilishidan, yomon dieta (protein yoki yog’lar tanqisligi), alkogolli ichimliklar iste’moli, chekish, yoshlar yoki qariyalar noto’g’ri dietasi oqibatida kelib chiqadi. A vitaminini yetishmasligi: o’ta quruqlashish, tizza va chig’anoqlar hamda qo’l va tos terisini dag’allashishi; oqshom va kechasida ko’rish yomonlashishi va ko’zni quruqlshishi orqali bilinadi.

Hayvon va o’simliklardan olinadigan A vitamini manba’lari. Hayvon mahsulotlaridan eng muhim manba’lari bu jigar, baliqlarni ba’zi turlari va
tuxumlar. O’simliklarga kelsak A vitaminining eng katta manba’lari sabzi, ismaloq, yashil no’xatlar, latuk salatlarda mevalardan o’riklar, shaftolilar,
olxo’rilar va oshqovoq urug’larida topiladi.

Vitamin-A-UZ

Dietangizni A vitamin bilan boyiting va o’zingizni yaxshiroq his qiling.

Salomatligingiz haqida ko’proq bilib oling:

Sabzavotlar – dasturxoningizdagi vitaminlar
Yashil dieta bu foydali dieta
Sariq sabzavotlar ko’zingiz va teringiz uchun eng yaxshi dori

, , , , , ,