• nutrients

B vitamin asabingizni tinchlantiradi va modda almashinuvini yaxshilaydi

foydali

B guruh vitaminlari stresni kamaytiradi, modda almashinuvini mo’tadillashtiradi, sizga quvvat bag’ishlab teringiz holatini yaxshilaydi. Tanamiz B vitamin saqlay olmasligi sababli biz uni doimiy ravishda ta’minlab turishimiz lozim.

B vitaminlari tana uchun juda muhimdir. Ular fermentlarning bir qismidir yoki ularni faollashtiradi. Shuning uchun ular hujayra metabolizmiga ta’sir qiladilar va tanadagi barcha jarayonlarning asosi hisoblanadilar. B guruh vitaminlari birinchi navbatda asab tizimini to’g’ri faoliyati uchun va tabiiyki aqliy salomatlikka javob beradilar. B vitamini tanqisligi jiddiy oqibatlarni keltirib chiqadi. Ularning taqchilligi qon tomirlardagi o’zgarishlarga, asab tizimi kasalliklariga va qondagi xolesterol darajasini o’zgarishiga olib keladi.

B guruh vitaminlari asosan obakidon va marjimak, jigar, go’sht, qora non, bodom, tuxum, gulkaram, karam, piyoz, sarimsoq, brussel karami, brokkoli, ismaloq, loviya va no’xatlarda mavjuddir. Shuni yodda tutish kerakki ushbu  vitaminga talab shirinliklarni yoki boshqa uglevodlarni iste’mol qilganimizda yanada oshadi. Alkagol, qahva va qora choy ham B vitaminini parchalaydi.
Vitamin-B-UZ

B vitaminlarga boy mahsulotlarni iste’mol qilib kayfiyatingizni ko’taring

Salomatligingiz haqida ko’proq bilib oling:

Sabzavotlar – dasturxoningizdagi vitaminlar
Yashil dieta bu foydali dieta
Sariq sabzavotlar ko’zingiz va teringiz uchun eng yaxshi dori

 

, , , ,