• eating

Ismaloqli marinadlangan baliq

chiroyli

Qarang Tayvanning ushbu mazali taomini tayyorlash qanday oson - u juda sodda! Tayvanning mazali taomi uchun bosqichma bosqich tayyorlash yo'riqnomasi va video retsept.

Videoni tomosha qiling va biz bilan taom tayyorlang!

Sabzini qalamcha qilib to’g'raymiz va oq murch sepamiz. Chetga olib turamiz. Quritilgan zirkni qaynoq suvga ivitamiz.

Endi esa baliq go’shtini bo’laklarga bo’lamiz. Tuxumni qizil sharob va kraxmal qo’shib ko’pirtiramiz. Baliq bo’laklarini aralashmaga botiramiz. Va qizargunga qadar qovuramiz. Suvda mayda to’g'ralgan piyozni, zanjabil va sarimsoqni qaynatamiz. Biroz ziravorlar qo’shamiz. Yana suvda eritilgan un va kraxmalni qo’shamiz.

Tayyor bo’lgan aralashmaga baliq bo’laklarini solamiz va past olovda qo’yiqlashgunga qadar qaynatamiz. Baliq tayyor bo’lgunga qadar, ismaloqli salat tayyorlaymiz. Quruq tovada kedr yong’oqlarini qovuramiz, ular hushbo’y bo’lib qoladi. Biroz zaytun yog’i qo’shamiz. Muzdan tushirilgan ismaloqni olamiz. Unga kedr yong’oqlarini, ivitilgan zirk va soya sousini qo’shamiz va bir necha daqiqa past olovda qaynatamiz. Oxirida biroz kraxmal suvi quyamiz. Aralashtirib likopga qo’yamiz.

Bizning taom tayyor bo’lish arafasida! Qo’yiq sousdagi baliq bo’laklarini salat atrofiga terib chiqamiz. Sabzi qalamchalari bilan bezaymiz va mazali hamda foydali ismaloqli marinadlangan baliqdan.

Ushbu taomni tayyorlash uchun masalliqlar ro’yxati:

Ismaloqli marinadlangan baliq

, , , , , , , ,