• feasting

Sog’lom ovqatlanishning oddiy tamoillari

zamonaviy

Sog’lom ovqatlanishning asosiy tamoillari. Bu juda oson, ko’p kuch talab etmaydi va natijasi hayratlanarli.

Sog’lom ozuqa

So’ngi yillarda sog’lom ovqatlanish ko’proq ommaviylashib bormoqda. Foydali bo’lmagan gazaklar va olib ketib iste’mol qilinadigan taomlar zamoni asta sekin yo’qolib aql bilan ovqatlanish usuliga ustunlik berilmoqda.
Sog’lom ovqatlanish ma’nosi nima degan savol tug’ilmoqda. Bu biz har kuni eshitayotgan oddiy so’zmi yoki haqiqatdan ham muhim bo’lgan narsami?

Sog’lom ovqatlanish ahamiyatini tushunib yeting

Nima qilayotganingizni anglash – bu juda muhim bo’lsa kerak. Bu juda oson, siz natija to’g’risida o’ylab ko’ring – siz faolroq bo’lasiz, o’zingizni yaxshi his etasiz va teringiz tozalanadi. Siz yana xastaliklarni oldini olasiz hamda nozik belga ega bo’lasiz.

Turli mahsulotlarni iste’mol qiling
Bu degani siz bir xil turdagi mahsulotlardan tayyorlangan turli taomlarni emas balki turli mahsulotlarni iste’mol qilishingiz lozim. Bu tanangiz to’g’ri faoliyat ko’rsatishi uchun barcha kerakli ozuqa bilan ta’minlashda yordam beradi.

Qachon va qanday
Och qolganingizda ovqatlaning va ochlik bilan ishtaha o’rtasidagi farqni anglang. To’yishingizdan oldin ovqatlanishni to’xtating. Kompyuter yoki televizor oldida o’tirib ovqatlangandan ko’ra boshqa insonlar bilan ovqatlanganingiz yaxshiroq. Bu sizni anglamagan holda bo’kib qolishga olib keladi. Kechki gazaklardan bosh torting va sekin, mamnuniyat bilan ovqatlanishni unutmang