Bu terminning o’zi ancha murakkab bo’lib bugungi kunda ko’pchilik uni sog’liqni yaxshilash, jismoiy tarbiyani oshirish va shu qatorda ichki muvozanatga erishish uchun mashqlar to’plami deb tushunishadi.

Informative & researched article on Types of Yoga from bonduelle 
 
 
Yoga bu 5000 yillik Hindu donishmandlari tomonidan kashf qilingan yoga deb nom berilgan faylasuf tizim hisoblangan mashg’ulot.
 

Tana va idrok komilligi

Yoga elementlari mushaklarning cho’zilishi va egiluvchanligiga asos bo’lib xizmat qiladi. Yogani tana va idrokning komillika erishish hayot tarzi deb tushunish kerak.

Engillik, egiluvchanlik, ijobiy fikrlash

Mashqlarning asosi bu jismoniy holatlar yoki Asanas, nafas olish texnikasi yoki Pranayamas va yaxshiroq egiluvchanlikka erishish uchun meditatsiyadir. Yoga egiluvchanlikni saqlashni va yaxshi figurada qolishni ta’minlaydi. Bundan tashqari u charchoqni kamaytiradi va insonning ruhiy salomatligini oshiradi. Yoga orqali to’g’ri dam olish, nafas olish, mashq qilish, meditatsiya qilish, sog’lom ovqatlanish va ijobiy fikrlashni o’rgansangiz bo’ladi. Har kungi yoga mashqlaridan bahramand bo’lishingiz uchun vegetarian bo’lishingiz shart emas.

Yoganing bir nechta turlari mavjud va bularni bilib olishni tavsiya qilamiz:

Ashtanga Yoga bu intensiv yoga tizimidir.

Bu progressiv xolatlarni, pozalarni o’z ichiga oladi. Har kim o’ziga mos intensiv mashqlar bilan shug’ullanishi mumkin.
Bikram Yoga 35-40C issiq xonada bajariladi. Issiqlik tananing terlashiga va badanni tozalab, mushaklarning kuchayishiga yordam beradi.
Hatha Yoga – Yoga turlari ichida eng mashhuri bo’lib uning negizida asanasni ko’rish mumkin.
Ayengar Yoga – AQShda eng mashhur yoga turi bo’lib u nozik bo’lgan pozalarni mushaklarga va badanning to’g’ri pozalariga maxsuslashgandir.
Vinyasa Yoga
harakatlar va nafas olishni murosaga keltiruvchi shiddatli masqlarni o’z ichiga oladi. Mashqlarning shiddatliligi hayot tarzimizning talablariga javob berishiga qarab sozlanishi mumkin (haftada yoki kuniga bir marta). Tez orada bu mashqlar orqali tanamizda ijobiy o’zgarishlarni ko’rishimiz mumkin.

, ,