Tai Chi faol meditatsiyaga asoslangan an’anaviy Xitoy mashqlari.

Tai chi exercise improve  your blood circulation, breathing and motor system.

U bizning tashqi ko’rinishimizga o’zgacha ko’rk baxsh etadi va sekin harakatli, tanamizni mashq qildiradigan, muskullarimizni tortib qisqartiradigan yangi jismoniy faoliyatni o’z ichiga oladi, eng asosiysi qon aylanishini, nafas olishni hamda motor tizimini ayniqsa o’zimizni yaxshi his etishimizni yaxshilaydi.

Diqqatni jamlash va tinchlanish

Tai Chiga harbiy san’at turi sifatida qaralgan biroq u insonni ko’proq ichki kuchi va ruxni jamlashga qaratilgan.

Tai chi fikrni jamlash, tanani sinash va tinchlanish hamda sog’liqni saqlash uchun hayotiy quvvat oqiminni yaxshilash uchun sekin, yengil va chiroyli harakatlarni mujassamlaydi. Uni yoshi va jinsidan qat’iy nazar har kim bajarsa bo’ladi, u qiyin emas shuning uchun uni asoslarini har kim o’rgansa bo’ladi. Tai Chi butun tanaga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Meditatsiya, harakatlarni nafas olish texnikasi (qorin bilan nafas olish deb nomlangan) bilan muvofiq holda bajariladi.

Qizish mashqlari
Muskul, poylar va bo’g’inlarni yumshatuvchi ohista harakatlar.

Cho’zish mashqlari bo’g’imlar ichidagi harakat turlarini kuchaytiradi.
Harakatlar ohista nafas olish texnikasi bilan muvofiq holda bajariladi. Ilk bosqichdagi o’rganuvchilar to’g’ri turish holatlari va harakatlarni o’rganadilar, yuqori bosqichdagilar juftliklarga bo’linib harakatlarini rivojlantiradilar.

 

, ,