Qomatingizni shakllantiring

zamonaviy

Jismoniy tarbiya do’stlaringiz va oilangiz bilan bo’sh vaqtingizni o’tkazishning eng quvnoq usulidir. Bu yana ko’p foyda ham keltiradi.

Hayotingizdan faol tarzda zavqlaning!

Jismoniy faoliyat bu juda quvonarli – biroz terlash, muskullar og’rishi yoki charchash bularning barchasi muvafaqqiyat, baxt va tanangiz shaklini o’zgartirish kuchiga ega ekanligingiz uchun to’lanadigan kichik to’lovdir. Bugungi kunda faoliyat turlari yildan yilga ko’payib bormoqda va tanlov imkoniyatlari kengaymoqda. 30 daqiqalik kunlik jismoniy faoliyat sizga natija beradi – tekkis qorin, nozik oyoqlar yoki chiroyli dumba bular siz erishadigan maqsaddir. Bonus tariqasida siz ko’proq quvvat, yaxshilangan kayfiyat, yuzingizda tabassum ya yaxshiroq sog’liqqa ega bo’lasiz. Buni yoqtirmaslik mumkinmi?

Qomatingizni shakllantiring

Shakllantiring va baham ko’ring

To’ppa to’g’ri, qomatingizni shakllantiring va buni zavqni do’slaringiz va sevgan isonlaringiz bilan baham ko’ring. O’zingiz jismoniy faoliyat bilan shug’ullanishni xohlamasangiz – do’stingizni olib keling. Birgalikda shug’ullanish, yangi do’stlar orttirish yoki siz va oilangiz o’rtasidagi rishtalarni mustahkamlash demakdir. Fitnes klubga boring yoki boshqa faoliyatlarni sinab ko’ring. Yoga, pilates, tai chi yoki step – bularning barchasi o’zgachadir – do’stingizni oling va qay birini yoqtirishingizni ko’rib chiqing – sizga barchasi yoqib qolishi ham mumkin. Uyda shug’ullaning yoki mahalliy bog’larga tashrif buyurib sayr qiling. Agarda siz kuchlirog’ini xohlasangiz yugurishni mashq qilib ko’ring. Bir biringizni qo’llab quvvatlang, musobaqalashing va guruhingizni kengaytiring – do’stlaringiz kancha ko’p bo’lsa shuncha yaxshi. Birgalikda ter to’king, kuling va birgalikda mashq qilishdan zavqlaning!