Soya – dukkaklilar ichida 1chi o’rinda

zamonaviy

Soya juda ham mashhur bo’lmoqda. U ko’p yillar davomida ma’lum bo’lib ishlatilib kelinmoqda. Shubhasiz u dukkaklilar ichida eng qimmatli va eng foydalisidir.

Uning tarkibida ko’plab protein, tola, saxarid A, B, C, D, E guruhi vitaminlari folik kislotasi va beta karotin mavjud. Yana unda rux, magniy, yod, kaliy, kalsiy va temir moddalari bor. Soya tana immunitetini mustahkamlaydigan va ayni paytda ko’plab turli hastaliklani oldini oladigan mahsulotdir. Semizlar uchun muhim bo’lgani bu uning oz kaloriyali o’simlik bo’lganidir. Bundan tashqari soya ko’plab kasalliklarda juda samarali bo’lishi mumkin.

  1. Nafaqat katta yoshdagilarni balki yoshlarda ham uchraydigan Osteoporozda. Uni oldini olishimiz uchun biz tanani yetarli darajada taomdagi kalsiy bilan ta’minlashimiz lozim. Ushbu holatni davolash uchun tavsiya etilgan taomlar va sut mahsulotlari bu vazifani to’liq bajara olmaydilar, chunki hayvondan olingan proteinlar kalsiyni tanadan chiqib ketishiga sabab bo’ladi. Boshqa tomondan esa soya osteoporozni oldini oladi va qarshi ta’siri bo’lmaydi.
  2. Soyani iste’mol qilish, zararli xolesterol darajasi, zichligi past lipoproteidlar nisbatini, kamaytirish va foydali xolesterol darajasi, zichligi yuqori lipoproteidlar nisbatini, kamaytirmaslik orqali arterioskleroz bo’lish xavfini oldini oladi. Agarda biz soyani turli shaklda har kuni iste’mol qilsak, biz zichligi past lipoproteidlar nisbatini 20 foizgacha kamaytirgan bo’lamiz.
  3. Izlanishlarga ko’ra soyani iste’mol qilish ayniqsa menopauzani yoqimsiz qarshi ta’sirini kamaytirmoqchi bo’lgan ayollar uchun juda samaralidir; bulardan biri estrogenlar darajasini doimiy pasayishidir. U saraton (ko’krak, tuxumdonlar yoki prostata) bilan kurashishda estrogenlarni faoliyatini to’xtatish orqali yordam beradi. Soya tarkibida kuchli antioksidant xususiyatli (oshqozon osti va o’pka saratonini oldini oladigan) fitoestrogen va folik kislotalari mavjud.
  4. Kunlik menyuda soya nozik tanani saqlash yoki uni tiklashda yordam beradi.
, , ,