BTN hisoblagichi – (Bel va Tos Nisbati)

chiroyli

BTN Bel va Tos Nisbatini anglatadi. U tanamizda yog'larni tarqoqligini, konturlarini hamda semizlik turini baholab beradi. Qomatingizni tekshirib ko'ring va go'zal bo'lish uchun o'z ustingizda ishlash kerakmi bilib oling.

whr-calculator

                                             

Sizning BTNgiz bizning kalkulatorda!

Nega BTNni bilish yaxshi?

Eng so’ngi izlanishlardan ma’lumki turli kasalliklar nafaqat semizlikdan balki uning turiga ham bog’liq. Ayniqsa qorin atrofida joylashgan yog’ to’qimalari sog’liq uchun xavflidir. Yog’ to’qimalarini miqdorini aniqlash uchun bizga (Bel/Tos Nisbati =BTN) zarur. Tabiiy anatomic farqlar sababli, natija erkak va ayollarda turli izohlanadi.

Semizlik turi – u bizning sog’lig’imizga qanday ta’sir qiladi?

Semizlik asosan ikki turda bo’ladi:

-Qoringa oid turi – (olma shaklida, androidal, erkakcha) – ayollarga nisbatan ko’proq erkaklarda va klimaksdan o’tgan ayollarda uchraydi. Bu sog’liq uchun juda xavfli chunki u yurak tomir muammosi, qon bosim ortishi va qandli diabed xastaligi xavfini oshiradi. Bel aylanasi erkaklarda 102 sm ayollarda 88 sm dan katta bo’lsa, qoringa oid semizlik hisoblanadi.

-Tos, son va dumbaga oid turi (nok shakli) – yog’ to’qimalari tos va son atrofida joylashgan ayollarda ko’proq uchraydi, sog’liq uchun xavfli emas.

Yog’ to’qimalarini tarqoqligini aniqlash uchun, bel aylanasi o’lchamidan tashqari bizga BTN indeksi kerak bo’ladi.

Tos va bel aylanasini qanday o’lchash lozim?

Bunday o’lchov tik turgan holda qo’llarni pastga tushirilib olinadi, shuning uchun o’zgalarni yordamidan foydalanish muhimdir.

Tos aylanasini o’lchash
-Ayollar – biz o’lchovni tos aylanasini eng keng joydan olamiz,

-Erkaklar – biz o’lchovni  tos suyagini eng yuqori qismidan olamiz.

Bel aylanasini ulchash
-Ayollar – eng so’nggi umurtqa pastidan  

-Erkaklar – kindik qismidan o’lchanadi.

BTN ni to’g’ri qiymati va sog’liq – izohlash

BTN indeksi semizlik turini ko’rsatadi

Standart BTN quyidagicha bo’lishi lozim:

-Erkaklar uchun – 0,71 dan 0,85 gacha

-Ayollar uchun – 0,78 dan 0,94 gacha

Yuqori nisbat olma turdagi semizlikdir, u shakarli diabed, yurak tomir, ateroskleroz, qon bosimi ortishi xastaliklariga olib kelishi mumkin.

BTN va erkak hamda ayollarning o’ziga tortishi

Olimlarni aniqlashicha (BTN) bel-tos nisbati ayollarni o’ziga tortishini aniqlashda muhim faktor hisoblanadi. BTN 0,7 (bel ayla

, , ,