• eating

Sabzavot rangi – u nimani anglatadi?

chiroyli

Rangiga qarab sabzavotlar turli vitaminlar, minerallar va ozuqaviy qiymatga egadirlar. Sabzavotlarning ranglar dunyosiga qisqacha sayohat.

Ranglarning kimyoviy tuzilishiga qarab ularni to’rt asosiy guruhga bo’lish mumkin:

  • xlorofillar
  • karatenoidlar
  • betalainlar
  • flavonoidlar

Xlorofillar

Xlorofillar o’simlikda uchraydigan yashil pigmentlardir. Quyosh nuri barcha o’simliklarda fotosintezni ishga tushiradi. Birinchi navbatda u o’sish uchun javob beradi. U yana tanani to’gri faoliyati uchun javob beradi. U antioksidant va shamollashga qarshi xususiyatlarini namoyon etadi va kesilgan joylarni tez bitishiga yordam beradi. Bundan tashqari u tanani magniy bilan ta’minlab qon hujayra va to’qimalarni kislorod bilan ta’minlashida yordam beradi va aterosklerozga qarshi xususiyatlarga ega. Xlorofil yana antikanserogen sifatifa harakat qiladi chunki u tanani toksinlardan va ko’plab dorilarni qarshi ta’siridan himoya qiladi.

Karotenoidlar

Karotenoidlar ko’plab meva, sabzavot va gullarning sariq rangda bo’lishiga javobgardir. Ushbu rangning eng muhim na’munalari bu: beta-karotin, likopen, ksantofil, lutein va zeoksantindir. Inson tanasida karotenoidlar ikki asosiy vazifani bajaradilar. Birinchisi ulardagi antioksidantlar erkin radikallarni neytrallashtiradi. Ular ko’plab saraton bilan bog’liq kasalliklarni oldini oladi. Karatenoidlar makulodistrofiya, katarakta va ko’z to’rini kuchsizlanishi kabi ko’z kasalliklarini oldini olishda va ko’zni to’g’ri faoliyat ko’rsatishida muhimdir. Ko’plab tadqiqotlar ushbu rang, yurak qon tomiri kasalliklarini oldini olishda, muhim o’rin tutishini ko’rsatgan.

Vegetable color

Betalainlar

Betalainlar unchalik mashhur bo’lmagan ranglar guruhidir. Ularni ba’zi turdagi o’simliklar ishlab chiqaradi. Ular o’simliklarga sariq, to’q sariq, qizil va siyoh rang beradilar. Ushbu ranglar guruhining farmakologik ustunligi ularning antioksidant faoliyati bilan bog’liq. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki betalainlar oksidativ stress, tanada erkin radikallar (oksidantlar) va antioksidantlar muvozanatini buzilishi natijasida kelib chiqadigan holat, natijasida insonlar organlarini zararlanishini kamaytiradi. Bundan tashqari, ushbu guruh, tanadagi erkin radikallarni zararsizlantirish orqali hujayra lipidlarini oksidlanishiga to’sqinlik qiladi.

Flavonoidlar

Flavonoidlar gullar, sabzavotlar va mevalarda topishimiz mumkin bo’lgan asosiy ranglardir. Ular sariqdan tortib ko’kgacha bo’lgan turli ranglarni ifodalaydilar. Flavonoidlar ko’pincha paydo bo’ladigan antotsianinlar – asosiy biologik faoliyati qon tomiri va qon aylanish tizimi bilan bog’liq bo’lgan moddalar deb sinflanadi. Ular kichik qon tomir devorlarini zichlash va kuchaytirishga ta’sir ko’rsatishi va tromblarga qarshi faoliyati bilan mashhurdirlar. Ushbu birikmalar miokardada qon aylanishga ham foydali ta’sir ko’rsatadi shuning uchun koronar yurak kasalliklarida ham muqobil qo’llanilishi mumkin. Yaqin zamonlardan olimlar flavonoidlarni antioksidant xususiyatlarini bilib oldilar va ularni tabiiy antioksidant va erkin radikallar – o’sma va hujayralarni qarishiga javob beruvchi molekulalar, akseptori sifatida qo’llashni boshladilar. Flavonoidlar, yana zararli elementlarni tanadan chiqarib tashlashga olib keluvchi, og’ir metallarni bog’lash imkoniyatiga ega.