• eating

Qo’ziqorinlarning kuchi

chiroyli

Qo’ziqorinning ozuqaviy qiymati o’ylaganingizdan ham yuqoridir! Ular salatlarga masalliq bo’libgina qolmay siz iste’mol qilishingiz mumkin bo’lgan eng foydali mahsulotlardir.

Olimlarni ta’kidlashicha qo’ziqorinlar sog’lig’imiz uchun noyob ta’sirga ega. Qimmatli oqsil va oson hazm bo’luvchi uglevod va yog’lardan tashqari qo’ziqorinlar D va B vitaminlarining boy manbaidir. Ularning tarkibida fosfor, kaliy, temir, mis va selen kabi turli minerallar mavjud.

D vitaminining tabiiy manbai

Sog’lom suyaklar shakllantirish va saqlash uchun, D vitamini kalsiy va fosforni tanamizga to’g’ri so’rilishida muhimdir. Bu asosan osteoporoz va bo’gin kasalliklarini oldini oladi va tanani mushaklar kuchsizlanishidan himoyalaydi. D vitaminining asosiy manbai bu tanani o’zidir u quyosh nurlari orqali ishga tushiriladi. Kuz va qishda quyosh nurlari yetarli bo’lmaganda D vitaminini yetishmasligi kelib chiqadi. Buni oldini olish uchun dietamiz qo’ziqorinlarga boyligini ta’minlash lozim. 100 g qo’ziqorin D vitaminiga bo’lgan ehtiyojimizni 4%ini qoplaydi.

Stop Heart Disease

Yurak kasalliklarini to’xtating

Qo’ziqorinlar yana qondagi xolesterin miqdorini kamaytirishi orqali yurak qon tizimimizga foydalidir. Laborator izlanishlar shuni qo’rsatadiki lovastatin, xolesterin ishlab chiqishini bostiruvchi birikma, yordamida hazm qilish tizimi orqali xolesterinni so’rilishi kamayadi. Bundan tashqari qo’ziqorin kaliyning boy manbai bo’lganligi sababli, ular qon bosimini tushuradi, va yurak huruji va insult xavfini kamaytiradi. Qo’ziqorinda mavjud bo’lgan mis qon aylanish tizimiga yordam beradi.

Ozish uchun eng yaxshi yo’l

Qo’ziqorinlar va ularni vaznga ta’siri bo’yicha izlanishlar shuni ko’rsatadiki, bir xil kaloriyali boshqa dietalarga qaraganda qo’ziqorinli dietalar ko’proq yog’ erishiga olib keladi. Buni barchasi qo’ziqorindagi maxsus tola – xitin sharofati bilan ro’y beradi. Hazm qilish tizimiga kirganidan so’ng, u ishib oshqozon devorlarini qisish orqali uzoq vaqt to’qlik hissini bag’ishlaydi. Yana qo’ziqorinlar kam kaloriyali yog’ tarkibga ega.