G’ayrioddiy xususiyatli oddiy meva va sabzavotlar

chiroyli

Agarda siz ozsangiz, oynaga qarab quvonasiz – erishgan natijani ushlab qoling. Yaxshi kayfiyat va qomatingizni ushlab turish uchun meva va sabzavotlarni iste’mol qiling. Biz vitaminlarga boy va kech kuz va qishda topib bo’ladiganlarini tanladik.

Karam

Ozgina yog’ bilan pishirilgani yoki dimlangani ich qotishni oldini olish bilan birga ozdirish ta’siriga ega. Biz jonlantiruvchi guruhdagi tuzlangan karamni tavsiya etamiz.

Tuzlangan karam tarkibidagi moddalar zaharsizlantirish xususiyatiga ega, ular bog’lovchi to’qimalarni mustahkamlaydi, ortiqcha suvni chiqarib tashlash orqali selulitdan halos bo’lishga yordam beradi. Tana tekis va mustaxkam bo’ladi. Karam tanani C vitamin, kaliy, mis va qimmatbaho tola bilan ta’minlaydi. Tuzlangan karam tarkibidagi sut kislotasi shishishni oldini oladi va ichak florasini tiklaydi.

Sabzilar

Sabzilar quyosh energiyasini o’z ichiga oladi va eng arzon tabiiy vosita hisoblanadi. B, D va E guruh vitamin va karotinlarning (tanada A vitaminiga aylanuvchi) xazinasidir. Ko’zga juda yaxshi ta’siri bor. Pishirganingizda yoki dimlaganingizda karotinlar oson so’rilishi uchun bir choy qoshiq yog’ qo’shing. Uning kunlik iste’moli teringizni sog’lom va chiroyli rangli qiladi. U yana kaliy, oltingugurt, mis, temir, fosfor va yodga boydir. U hazm qilishni boshqaradi, metabolizmni qo’zg’atadi hamda tanaga ozituvchi ta’sir ko’rsatadi.

Quritilgan meva va yong’oqlar

Ular ruxsat etilgan biroq cheklangan miqdorda – 100 g tanani 500 kkal bilan ta’minlaydi. Bu juda ham ko’p, lekin siz har kuni biroz mayiz, o’rik qoqisi yoki yer yong’oq iste’mol qilishingiz mumkin – ular shirinliklardan foydaliroqdir.

 
Quritilgan mevalar B guruh vitaminlari bilan ta’minlaydi; yong’oqlar esa E vitamin va temir, kaliy, kalsiy hamda magniy kabi qiymatli minerallar bilan ta’minlaydi. Ular tinchlantiruvchi ta’sirga ega va bizni yaxshi his etishimizni ta’minlaydi. Ular tarkibida modda almashinuvini tezlashtiruvchi tolalar mavjud.

Petrushka

Tomirlari yer to’lalarda saqlash uchun juda yaxshidir biroq barglarini yil davomida tuvaklarda tabiiylikni ta’minlash uchun o’stirilishi mumkin. Petrushka tarkibida C va E vitaminlari hamda kerakli yog’lar mavjud, va ular buyrak kasalliklarini davolashda yordam beradi. Petrushka organizmni zararli moddalardan tozalovchi siydik haydovchi xususiyatga ega. U terini tekislab kelishgan qomat hosil qilishda yordam beradi. Uning afrodiziak sifatlari uchun ham iste’mol qilishga arziydi chunki biz har bir aloqada 200 va 300 kaloriya sarflaymiz.

, , , , , , ,