Ta’til davomida qanday sog’lom ovqatlanish lozim?

foydali

Ta’til stresdan holi paytdir, biroq ushbu davrda uyda to’yimli taomlarni unutmang, shunda tanangiz ham dam olishi mumkin.

To’yimli ovqatlar

Ta’til davri odatda charchagan asablarni tiklash imkoniyati va shubhasiz ishtaha injiqliklarini qondirish bilan bog’liq bo’ladi. Biroq, agar biz dietamizni buzmasdan foydali va to’yimli taom istasak, biz quyidagi maslahatlarga amal qilishimiz mumkin:
  • Katta miqdorda nonushta qilish uchun ko’proq vaqt ajrating hamda taomlar orasida juda ko’p suyuqlik iching (suv va choy)
  • Ovqatlanish paytida shoshilmang. Bu sizga sezilarli darajada oz miqdorda taom iste’mol qilishga yordam beradi
  • Oz kaloriyali taomlarga e’tibor qarating – mevalar, sabzavotlar, donlar, tolalar – hamda alkogolli va gazli ichimliklar iste’molini kamaytiring, chunki ular suvni o’rnini bosuvchi emas balki yuqori kaloriyali ichimliklardir.
  • Og’ir tushlikdan farqli kechki ovqat yengil va kam kaloriyali bo’lishi kerak – salatlar, meva, sut va hokazo.

Sog’lom ovqatlanishni uyda qoldirman, ayniqsa siz haqiqiy ta’til istasangiz. Bu holda, sizning butun tanangiz og’ir ish oylaridan so’ng to’plangan stressdan to’laligicha tiklana olmaydi.

, , ,