Vegetarian Dieta bilan Muskullaringizni Shakllantiring

chiroyli

Baquvvat tanali ko’pchilik sportsmenlar vegetarian ekanligini oz insonlar biladilar. Ushbu ma’lumot go’sht proteinning hayotiy manbasi degan afsonani puchga chiqaradi.

Muskullarni Shakllantiring

Go’shtni ko’p miqdorda iste’mol qilish muskul shakllantirishning yagona yo’li degan iborani har kim eshitgan bo’lsa kerak. Boshqa tomondan qaraganda, qanday qilib hayotni talab etadigan narsa foydali bo’lishi mumkin?

Vegetarian dietaga asoslangan holda muskul shakllantirish mumkin emas degan oddiy tushunmovchilik mavjud. Haqiqatda esa proteinlar muskullarimizning quruvchi g’ishtlari hisoblanadi va baxtimizga go’shtdan boshqa proteinlar manbai ham mavjuddir.

Asosiysi siz yuz foiz vegetarian bo’lishingiz shart emas. Chunki siz kerakli protein miqdorini tuxum, pishloq va sut mahsulotlar va hayvon o’ldirishni talab etmaydigan boshqa mahsulotlardan ham olishingiz mumkin. Biroq sizning ko’nglingiz bo’sh bo’lsa va bechora jonivorlarni tutqunlikda saqlashlarini ko’tara olmasangiz, sizga boshqa yo’llar ham bor, masalan soya va sut proteini. Bundan tashqari yana tabiiy va o’simliklardan bo’lgan bodom hamda yong’oq kabi protein manbai mavjud bo’lib ularni siz butunlayicha yoki undan krem qilib iste’mol qilishingiz mumkin!

, , , , ,