• eating

Siyohrang sabzi – o’zgacha rang emas

chiroyli

Sabzavotlar haqida ajablanarli fakt va hikoyalarni bilib oling. Siz hayratda qolasiz!

Siyohrang sabzi – haqiqat yoki yolg’on

17 chi asrdan ilgari yetishtirilgan barcha sabzilar siyohrang bo’lgan. Bugungi kunda bizga taniqli bo’lgan qizil sabzi gollandlar tomonidan 16 chi asr oxirlarida yetishtirilgan. Ular siyohrang sabzini mutant turlaridan foydalanib birma-bir rivojlantirib hozirgi kunda foydalaniladigan qizil rangga keltirishgan.

Ilgarilari ko’plab sabzilar siyohrang bo’lganlar va ularni ichida ba’zida mutatsiyaga uchragan sariq va oq turlari bo’lgan. Biroq ular oz miqdorda bo’lgan va ularda siyohrang antotsianin pigmenti yetishmasligi bo’lgan.

Purple-carrot2

Qizil sabzilar, oq va sariq sabzilar hamda madaniy sabzidan farqli bo’lgan yovvoyi sabzilar mutatsiyasi natijasi bo’lsa kerak.

Yovvoyi sabzilarning avlodi hozirgi Eron va Afg’oniston taraflardan kelgan bo’lsa kerak chunki u yerda yovvoyi sabzi turlarini toppish mumkin.

Nima uchun siyohrang sabzilar ajoyibdir?

Siyohrang sabzilar yangilik emas. Ularni noyob rangi ularning sog’lom fitokimyoviy tarkibini aks etadi. Ushbu siyohrang turlarida oddiy sabzilardagi A vitamin va beta-karotini bo’libgina qolmay ular chernikaga rang va foydali moddalarni beruvchi kabi antotsianin ham mavjud. Tadqiqodlarga ko’ra ushbu ko’k va siyohrang pigmentlar xotirani kuchaytirishi, ko’rishni yaxshilashi, yurak xurujlaridan himoya qilishi, shamollashga qarshi ta’sir qilishi va hattoki vaznni ushlab turishda yordam berar ekan.