Sabzavotlar bilan krevetka

  • 60 min
  • qiyin
  • 3

Foydalanuvchining bahosi
1 Yulduz2 Yulduzlar3 Yulduzlar4 Yulduzlar5 Yulduzlar (Baholanmagan)
Loading...Loading...

Yapon an’anasi bilan pishirilgan sabzavotlar bilan krevetka.

Forest Gamp, kino qahramoni o’z boyligini krevetkalar yordamida ortirgan. U dengiz taomlari qatorida obro’li o’rin egallaydi.Baliq tutiladigan hududlardan qanchalik uzoq bo’lsa shuncha narxi qimmatlashadi.

Ingrediyentlar

500 g yangi no’xat
18 ta o’rtacha krevetka
tuz

 

No’xat pripravasi:
1 piyola baliq sho’rvasi
3 osh qoshiq sake
1 osh qoshiq mirin
¼ osh qoshiq soya sousi
¼ choy qoshiq tuz

 

Krevetka pripravasi:
44 ta yaxshilab aralashtirilgan tuxum sarig’i
6 choy qoshiq baliq sho’rvasi
1 osh qoshiq mirin
¼ piyola sake
½ osh qoshiq tuz

 

Sabzavotlar:

1 ta katta sabzi
1 ta o’rtacha brokkoli
1 ta bambuk niholi
1 piyola dashi
½ piyola sake
3 osh qoshiq mirin
3 osh qoshiq soya sousi

tayorlov

  • Bambuk niholi va brokkoli gullarini kichik bo’laklarga kesing, sabzilarning gullarini kesib tashlang. Bir qancha muddat davomida brokkoli bilan sabzini pishiring va undan so’ng sovutib qo’ying.
  • Baliq sho’rvasi, soya sousi va mirinni aralashtiring va tuz qo’shib qozonda pishiring. Bundan so’ng bambuk bilan sabzini qo’shib past olovda bambuk ozgincha jigarrang ko’rinishga kelguncha 6 daqiqa davomida pishiring. Sabzavotlarni sho’rva bilan seping va brokkoli gullari bilan bezating.
  • Krevetkani tozalang, dumlarini qoldiring, ozgina tuz qo’shing, so’ng har birini kartoshka kraxmaliga bo’ktiring, qolgan kraxmalni silkitib tashlang. 2 piyola suvni qaynating va 10 daqiqadan ko’p bo’lmagan vaqt davomida pishiring. Quriting, yuving va qoldiring.
  • Yarim litr suvni qaynating, no’xatni tozalang, har birini 1,5 sm ga teng diagonal chiziqlarga kesing. Ularga tuz seping va suvda 8 daqiqa davomida qaynating, so’ng quriting va sovuq suv bilan yuvib tashlang. Qozonda hamma tarkiblarni aralashtiring va qaynab chiqqandan keyin no’xatlarni qo’shing.
  • Boshqa idishda krevetka pripravasi uchun tarkiblarni aralashtiring, qaynating, krevetkani qo’shing, olovni pasaytiring va tuxum sarig’ini qo'shing. So’ng, past olovda 2 daqiqa davomida pishiring.

Iste’mol qilishKrevetkani idishga qo’ying va no’xatlar bilan bezating. Sabzavotlarni alohida iste’mol qiling.


, , , , , , , ,