Yapon taomlari

foydali

Tabiiy va garmoniyali – dunyoning eng sog’lom taomlari hisoblanadi. U kam kalloriyali, temir va protein moddasiga boy, lekin xolestorol moddasi va boshqa turdagi yog’lari oz.

Boshqa millatlar taomiga qaraganda kam ziravorli, guruch, soya mahsulotlari (miso, tofu), baliq, dengiz mahsulotlari, suv o’tlari hamda sabzavotlarga asoslangan. Ular o’zini sodda bezagi va tarkibidagi mahsulotlar bir birini ta’mini buzmagan holda terilishi bilan mashhur.

Sushi

Sushini tarixi taxminan 1300 yillarga borib taqaladi. Hozirgi biz bilgan sushi ilk bor Yapon oshpazi, Hanaya Yohei tomonidan tayyorlangan. Umuman aytganda ushbu taom kichik guruch shariga balik bo’lagi va Yapon yerqalampiri – wasabidan tayyorlanadi. Ushbu taomni tayyorlash uchun sirka qo’shilgan oliy navli guruchdan foydalaniladi. Ushbu taomning asosiy masalliqlaridan biri bu tabiiy baliqning eng mazali qismi.

 Japanese Cooking and Recipes

Tabiiy va garmoniyali…

Yaponlarning uzoq umr ko’rish sabablaridan biri bu ularning an’anaviy dietasi. Yapon taomlari muhim fasllilik tamoyili asosida, masalliqlarni taom tayyorlanayotgan faslni aks etadigan asnoda tayyorlanadi. “shun” g’oyasiga ko’ra baliq hamda sabzavotlar bir yil davomida taxminan 10 kun ozuqaviylik darajasi yuqori bo’ladi.

Yaponiya iqlimi har bir viloyatda turli biroq uning umumiy jihati ham bor…Har bir taomning asosi guruch hisoblanadi. Yaponiyani iqlimi ushbu talabchan o’simlikni yetishtirish uchun juda qulay. Yaponiyada go’sht, baliq go’shtidan tashqari, ayniqsa tarixda kam iste’mol qilingan. Hozirgacha go’shtdan unchalik ko’p foydalanilmaydi. Qisqa qilib aytganda Yapon taomlariga ta’rif berganimizda “tabiiy va garmoniyali” deymiz

Sushi turlari

Nigiri -Ustiga krevetka, sakkizoyoq, qovurilgan tuxum qo’yilgan guruch bilan tunes balig’i;
Gunkan – guruch hamda suv o’tlaridan tayyorlangan va dengiz mahsulotlari bilan to’ldirilgan idish;
Norimaki – guruch hamda suv o’tlaridan tayyorlangan, ichi turli mahsulotlar bilan to’ldirilgan, rulet;
Temaki – sushi guruchi, dengiz mahsulotlari hamda sabzavotlarni konus shaklidagi suv o’tiga to’ldirilgan taom;
Oshi – baliq hamda guruchni yog’ochli qutida bosilgani;
Chirashi – dengiz mahsulotlari, qo’ziqorin va sabzavotlarning guruchga qo’shilgani.

Yaponlar odobi

• Hech qachon boshqa insonga o’zingizni ovqatlanish tayoqchalaringizda ovqat uzatmang (Bu Buddistlarni o’lim marosimida yondirilgan jasad xokini  bir biriga uzatish bilan bog’liq); agar siz taomingiz bilan bo’lishmoqchi bo’lsangiz, likopingizni uzating sherigingiz tanlab olsin;

• Agar bir idishda ovqatlanishni rejalashtirayotgan bo’lsangiz, ovqatlanish tayoqchalaringizni har ikki qismidan foydalaning;
• Sushini qo’lingiz yordamida yeyishingiz mumkin. Sashimi esa faqat ovqatlanish tayoqchalari bilan;
• Ovqatlanish tayoqchalarini oldingizdagi taomda rasm chizish uchun ishlatmang;
• Hech qachon ovqatni tishlab qolgan qismini likopchangizga qo’ymang; ovqatni olgandan keyin hammasini og’zingizga soling;
• Pichoq so’ramang;
• Ovqatdan so’ng ovqatlanish tayoqchalarini joyiga hashi oki ni yoniga qo’ying, eng ma’quli sushi barga perpendikulyar bo’lsin, ularni stolni ustiga qo’ymang;
• Hech qachon ovqatlanish tayoqchalarini idishingizga qo’ymang (bu holda ham Yaponlar buni ulim marosimi bilan bog’laydilar)
• Guruchni qoldirmaslikka xarakat  qiling; oz miqdorda bo’lsa ham ovqatni qoldirish odobdan emas, ayniqsa guruchni qoldirish katta odobsizlik (odatda bunday man etishlik Yaponiyaga kuzatiladi);
• Har qanday sharoitda ham sigaret tutatmang; Tamaki tutuni boshqa insonlarni taomdan lazzatlanishga yo’l qo’ymaydi; chunki hid baliqni yangi yoqki eskiligini bildiradi;
• Soya sousi faqat baliq uchun ishlatiladi – sushini butunlayicha unga botirmang;

• Shunisi qiziqarliki sho’rva yoki makaronli ovqat iste’mol qilganda, siz uni simirib ichishingiz mumkin buning uchun siz avvaliga kosadagi katta bo’laklarni ovqatlanish cho’pi yordamida terib olib, keyin kosani ko’tarib ichishingiz mumkin;
• Sake ovqatdan ilgari yoki so’ngra ichiladi; sharob guruchli taom bilan unchalik ketmaydi, ovqatlanish jarayonida pivo, oq sharob, suv yoki choy  ichishingiz mumkin; odatda sake shashimi bilan birgalikda taqdim etiladi;
• Sake yoki pivo atrofda o’tirganlarning barchasiga quyiladi, har kim o’zining shishasidan ichish bo’yicha odat yo’q;

• Yaponlarning fikrlari har xil: ba’zilar sashimi, sushidan boshlab miso guruchli sho’rva bilan tamomlashni, boshqalar esa sushi bilan omlet va sabzavotlarni oldin keyin esa istagan narsani oxirida sashimini iste’mol qilishni tavsiya qiladilar.

Odob iboralari
Arigato – rahmat sizga
Domo – rahmat
Domo arigato gozaimatsa –  katta rahmat (taomdan so’ng)
Dozo – arzimaydi
Gochisou – sema deshita –  taomdan so’ng ishlatiladigan ananaviy ibora (“menga yoqdi”)
Itadakimatsu – taomni olganda aytiladigan ibora (“taomni oldim”)
Irasshaimatse – salomlashish
Kampai – Sog’ligingiz uchun!
Konbanawa – Xayrli kech
Konichi – wa – Yaxshimisiz?
Korewa nandesuka – Bu nima?
Oaiso – ovqatlanishni tamomlab hisob so’radingiz
Oishii – mazali
Ososumewa nandesuka – Bugun qanday shirinlik eymiz?
Sayounara – Xayr
, , , ,