Xitoy usulida o’rdak

  • 360 min
  • qiyin
  • 4

Foydalanuvchining bahosi
1 Yulduz2 Yulduzlar3 Yulduzlar4 Yulduzlar5 Yulduzlar (1 ovozlar, o'rtacha: 5.00 dan 5)
Loading...Loading...

Pekin usulidagi o’rdak retsepti mashhur Xitoy taomlaridandir, u nafaqat Beijin restoranlarida balki butun dunyoda taqdim etiladi.

Beijindan uzoq bo’lmagan joyda yetishtirilgan o’rdaklar go’shti juda mazalidir. Tayyorlash usuli biroz mushkul: o’rdak melassa bilan loklanadi, unga havo haydab qaynoq suv bilan to’ldiriladi. O’rdak loy surilgan turli mevali daraxtlarning yog’ochlari qo’yilgan maxsus duxovkada osib pishirilganda yaxshi qizarib pishadi.

Ingrediyentlar

O’rdak:

  • 1 dona o’rdak (2 kg atrofida)
  • 2 osh qoshiq soya sousi
  • 2 ½ osh qoshiq jigarrang shakar
  • 1 osh qoshiq uzum sirkasi
  • 12 dona yashil piyoz
  • 1 dona bodring
Hoisin sousi:
  • 250 g olxo’ri djemi
  • 3 osh qoshiq soya sousi
  • 1 osh qoshiq xeres
  • dolchin, achchiq qalampir, zanjabil kukuni
Xitoy quymoqlari:
  • 4 chashka un
  • 1 ¼ chashka qaynoq suv
  • 2 osh qoshiq yog’
  • tuz
 

tayorlov

  • O’rdakni 3 daqiqaga qaynagan suvga soling. Suvini sirqiting,      quriting va bir kechaga qurish uchun qoldiring.
  • Soya sousi, jigarrang shakar va uzum sirkasini aralashtiring. Aralashmani      o’rdakka surib yana 4 soatga osib qo’ying.
  • Duxovqani 190 ºC darajada isiting, o’rdakni, ostiga suv quyilgan      tovaga mumli qog’oz ustiga qo’ying. 30 daqiqa pishiring. Olovni 150 ºC darajaga      tushiring va 1 soat pishiring.
  • Xitoy quymoqlari: un va tuzni aralashtiring, suv qo’shing, qo’l      bilan qorishtiring, ustini yopib 15 daqiqa tindiring. 5 sm qalinlikda      shakllantiring. Shakl bo’lgan xamirni teng bo’laklarga bo’ling va har      birini sharcha shakliga keltiring. Sharchani bir tarafini yog’ga botiring      va yog’li tarafini boshqa sharchani ustiga yopishtiring. Juva yordamida 2      ta quymoqni barovariga 15 sm diametrda yoying. Bu ikki quymoqni tovaga      soling va 1 daqiqa pishiring, uni qizartirmang. Quymoqni bukib o’rdak      tayyor bo’lguniga qadar issiq holda saqlang.
  • Sous: soya sousi, olxo’ri djemi, xeres a ziravorlarni      aralashtiring. Doimiy aralashtirgan holda tovada isiting. Sovuting va      sovutgichga qo’ying.
  • Piyoz va bodringni qo’ndalang qilib to’g’rang.
  • Qarsildoq o’rdakni kesing, quymoqqa go’sht bo’laklarini biroz      bodring va yashil piyoz bilan soling va bir choy qoshiq olxo’ri sousini      qo’shing.Taqdim etish: quymoqni o’rab qo’l bilan iste’mol qiling.
 

, , , , ,