Wonton – krevetka va cho’chqa go’shti solingan Xitoy pilaklari

  • 120 min
  • oson
  • 4

Foydalanuvchining bahosi
1 Yulduz2 Yulduzlar3 Yulduzlar4 Yulduzlar5 Yulduzlar (Baholanmagan)
Loading...Loading...

Dim sum – kichik Xitoy gazagi, ular dengiz mahsulotlaridan, go’shtdan, xamir va qiymadan bo’lishi mumkin.

Eng mashhuri bu won ton, krevetka va cho’chqa go’shti (yoki aralashmasi) solingan o’rama. Won tonni qizartirib qovurish yoki suvda qaynatib tovuq bulyoni bilan taqdim etish mumkin.

Ingrediyentlar

Xamir:

  • 2 chashka un
  • 50 g qaynagan suv
  • 25 g sovuq suv
  • 15 ml yog’
  • ½ choy qoshiq tuz
Qiyma:
  • 250 g krevetka
  • 250 g cho’chqa go’shti qiymasi
  • 15 ml soya sousi
  • 15 ml kunjut yog’i
  • 15 ml guruch sharobi
  • 1 choy qoshiq zanjabil 1 choy qoshiq maydalangan piyoz
Sous:
  • 60 g guruch sirkasi
  • 30 g suv
  • 2 osh qoshiq zanjabil
  • 1 choy qoshiq soya sousi
  • 1 choy qoshiq qalampir pastasi
  • 1 choy qoshiq shakar
  • kunjut yog’i
 

tayorlov

  • Un va tuzni qorishtiring, avval qaynagan suv so’ngra sovuq suv va      yog’ qo’shing. Xamirni qorishtiring, 30 daqiqaga ustini yopib qoldiring. Xamirni      yoyib 5 sm uzunlikda to’rtburchak shaklida kesing.
  • Yangi krevetkalarni tozalang ularni maydalab cho’chqa go’shti      qiymasi bilan qolgan masalliqlarni barchasini aralashtiring.
  • To’rtburchak xamirlarning har biriga ozginadan qiyma soling,      uchburchak qilib buking, qirg’oqlarini ezib yopishtiring (ravioli kabi).
  • Tovada yog’ni qizdiring, o’ramani qizartirib qovuring so’ngra biroz      suv qo’shib ustini yopib pishiring.Taqdim etish: Sous masalliqlarini aralashtirib sovuq holda taqdim eting. O’ramalarni sovuq sousga botirish lozim.

, , , , ,