Xitoy taomlari

chiroyli

Xitoy taomlarida asosiy masalliqlar: guruch, sabzavotlar va soya. Go’sht va baliqlar boshqa davlatlarga nisbatan ko’p iste’mol qilinmaydi.

Xitoy garmoniyasi

Xitoy taomlari goshtli, sabzavotli yoki boshqa taomlarga bo’linmaydi buning o’rniga turli masalliqlardan bir taomni yaratishda foydalaniladi. Aynan o’ziga hos xususiyat taomni garmoniyali qiladi, ya’ni Xitoyliklar ikki xil taomda bir turdagi go’sht, ta’mi yoki tuzilishi bir xil bo’lishiga yo’l qo’ymaydilar. Bu qadimiy Xitoy faylasufi Yi Yin nazariyasiga kuchli ishonishga bog’liq. Ushbu nazariyaga asosan, har bir ta’m har bir ichki tana a’zosi bilan bog’liq – shuning uchun ta’mni muvozanatlashtirish tanani sog’lom ushlab turishda yordam beradi.

Ming xil turlar

Sabzabotlar Xitoy taomlarida muhim o’rin tutadi. Xitoy taomlarida minglab sabzavotlar qo’llaniladi. Ularning ko’plab turlari Xitoyda yetishtiriladi va ko’plab holatlarda Yevropadagilardan farq qiladi.
Chinese recipes with vegetables

Xitoy taomlari

Davlatning o’lchami bir xil turdagi taomlar to’g’risida so’z yuritishni inkor qiladi. Xitoyda to’rt mintaqa taomlari mavjud: shimoliy (Pekin, Shantung, Xonan), dengiz bo’yi (Fukien, Shanghai), ichki (Sichuan, Yunnan) va janubiy (Kanton).

Sovuqroq shimoliy mintaqada asosiy ovqat guruch emas balki bug’doydir. Odatiy taomlar makaronlar, lag’monlar va ravioli. Taomlarning asosiy qismi yengil va yumshoqdir. Asosan garnir sifatida sarimsoq va yashil piyozdir hamda yengil ziravorlar qo’llaniladi.

Dengiz bo’yining asosiy taomlari baliq va dengiz mahsulotlari bilan bir qatorda yengil sho’rvalar. Ko’p uchraydigan taomlar go’sht, tovuq va baliq, sabzavotlar va ko’p miqdorda soya sousi bilan qovuriladi – ushbu tayyorlash usuli “qizartib qovurish” deb nomlanadi.

Ichki mintaqada achchiq va kuchli ziravorlangan taomlar mashhur. Taomlarda ko’plab Shichuan qalampiri ishlatiladi – ushbu ziravor achchiq qalampirdan ko’ra kuchliroq.

Dunyoga taniqli ko’plab Xitoy taomlari Janubiy mintaqa, Kantondan kelgan. Ushbu taomlar yengil, o’rtacha darajada ziravorlangan va boshqa regiondagi taomlardan ko’ra kam yog’li. Eng mashhur ziravorlar bu soya sousi, yangi zanjabil, xeres va tovuq bulyoni. Achchiq ziravorlarning ko’plaridan foydalanilmaydi chunki asosiy masalliqlarning ta’mi qimmatlanadi. Kanton taomlarining asosiy qismi tez tayyorlash texnikasiga asoslangan holda tayyorlanadi. Ushbu usul ko’p zamonlar ilgari oshxonada yoqilg’i ozligida o’ylab topilgan. U kichik, bir xil o’lchamdagi mahsulotlarni qizigan yog’da bir necha daqiqada pishirishga asoslangan. Qovurish jarayonida tovani tez-tez qimirlatgan holda mahsulotlarni aralashtirish lozim.

Baqlajon Xitoydan kelgan

Baqlajon to’g’risidagi ma’lumotlar Xitoyga oid va ular M.A. 5 asrga ta’luqli. U yerdan Arab savdogarlari Ispaniyaga olib kelganlar. Iberiyaning qulay iqlimi baqlajonni Ispan dala va bog’larida joy topishiga yordam berdi.

Siz bugun guruch iste’mol qildingizmi?

Xitoyning eng muhim sabzavotlaridan biri bu shubhasiz guruchdir. Undan baliq va go’shtli mahsulotlarda ishlatiladigan guruch xamirini tayyorlashda qo’llaniladi, u yana qurigan meva, yong’oq va kremlardan tayyorlanadigan pishiriqlarning asosiy masallig’idir. Uni quyidagicha tayyorlaysiz: 250 gr guruchni sovuq suvda chayqaysiz, 1l suv qo’shasiz. Qaynaguncha pishirasiz va o’rta olovda yana 15-20 daqiqa pishirasiz. Guruchni suvini to’kib 25g saryog’ va 2 osh qoshiq shakar qo’shasiz. Idishga solib ustini zar qog’z bilan yopasiz va qaynoq suv quyilgan kattaroq idishga solasiz. 1 soat atrofida bug’laysiz.

Xitoy spagettisi

Xitoy taomlarining odatiy tarkibiy qismi bu qo’ziqorinlar: qora qo’ziqorinlar, boshqacha nomi mushukni quloqlari, biroz yaltiroq va qarsildoq; hamda nozik ta’m va yoqimli hidli xushbo’y qo’ziqorinlar. Boshqa ko’p uchraydigan masalliqlardan: zanjabil, juda ozuqaviy qiymatga boy soya nishlari, go’shtli va baliq taomlarga qo’shiladigan Xitoy karami, biroz shirin va sabzavotlar, souslar hamda pishiriqlarda qo’llaniladigan xushbo’y ta’mli anis. Bulardan tashqari makaronlar ham mashhurdir, Xitoy taomlari to’rt turga ajratiladi: tuxum va bug’doy unili makaron, guruch unili makaron (spagettiga o’xshash), moshli makaron (shaffof) va guruch unili makaronlardan tayyorlangan taomlar.

It va guruch

Rivoyatlarga ko’ra, insonlar guruchni yovvoyi hayvonlar yordamida taniganlar. Uzoq davom etgan yomg’irlar va suv toshqinlari hosillarni nobut etganlar va insonlar hayvonlarni ovlay boshlaganlar. Bir payt yovvoyi it insonlarni yoniga keldi. Insonlar uni dumiga yopishgan uch dona sariq donni ko’rib qolishdi. Minnatdor insonlar itga zarar keltirmasdan uni dumidagi donlarni olib ekdilar. Shunday qilib ular guruch yetishtirishni boshlaganlar.

, , ,