Livan Milliy Taomlari Sizning Kulinar Ilhomlanishingiz Manbai

foydali

Yevropa va Shimoliy Amerika restoran va uylariga yaqinda kirib kelgan Livan oshxonasi oson va foydali taomlarni sevuchan insonlarga cheksiz kulinar ilhomlantiruvchi shuhratiga erishgan.

Livan milliy taomlari

Livan milliy taomlari O’rta Yer dengizi va Yaqin Sharq oshpazlik an’analarining hushbo’y va yoqimli aralashmasidir. Yevropadagi ko’plab bosh oshpazlar Livanliklar usulida taom tayyorlashni yoqtirishlariga sabab mavjuddir.

Oson shu bilan bir qatorda to’yimli va mazali taomlarga kelganda dunyo bo’yicha ushbu milliy taomlar asosiy hisoblanadi. Yaqin Sharqdagi boshqa kulinar usullarga qaraganda ular sabzavotlarga boy va foydali masalliqlardan: ko’klar, ziravorlar, sabzavotlar va o’simlik yog’laridan ko’plab foydalanadilar. Livan oshxonasida tasavvuringizni o’ynatadigan va undan foydali taom tayyorlash bo’yicha kulinar ilhomlanishingizni keltirib chiqaradigan taomlar juda ko’pdir. Ular quyidagilardir:

Hummus

Asosiy etnik o’zakli Yaqin Sharq taomi. Bu no’xat, zaytun yog’i, ziravorlar va kunjut urug’lari aralashmasidan tayyorlangan qo’yiq pasta; hummus yaratuvchan Livanliklar tayyorlagan ko’plab turlari mavjud – limon suvli, maydalangan ko’katlar qo’shilgan, yalpizli, maydalangan sarimsoqli, baqlajonli va boshqa ko’plab turlari mavjud bo’lib ba’zilari boshqalaridan noyobroqdir.
 

Yasmiq sho’rvasi – Iftorlik uchun an’anaviy taom uning tarkibida qizil yasmiq, piyoz va bulg’or qalampiri mavjuddir, biroq siz yana loviya, no’xat, guruch, go’sht va ko’plab masalliqlar qo’shishingiz mumkin. U oshqozon uchun juda yengil va foydalidir.

Fattoush, yoki dehqon salati – yashil bulg’or qalampiri, pomidor, bodring, yashil piyoz va ko’katlarning (ismaloq va yalpiz kabi) noyob aralashmasi, ushbu taom bahor kelganini eslatadi. Ushbu taom milliy oshxona chegaralarini kesib o’tib yangi bahoriy sabzavotlarni iforini olib keladi.

Agarda siz sabzavotlarni yoqtirsangiz va dietangizga sog’lom masalliqlarni qo’shishni, taom tayyorlashni ijodiy yo’lini izlayotgan bo’lsangiz hamda oshxonada ko’p ter to’kishni istamasangiz, Livan taomlaridan boshqa kulinar ilhomlanish izlamang. Vaqti oz bo’lgan biroq foydali yashash va taom iste’mol qilmoqchi bo’lgan inson uchun bu baxtdir.

 

, ,