Skandinaviya taomlari

foydali

Norvegiya, Daniya yoki Shvetsiya taomlarini chegaralash umuman mushkuldir– chunki ular mavjud emas. Biroq Skandinaviyaliklarni birlashtiradigan umumiy taom bu –Skandinaviya taomidir.

Yevropa hududida yashaganlar tabiiy sharoitlar tomondan shakllangan bo’lib. Yoz va kuzda yig’ishtirilgan hosillar uzun va sovuq qishli kunlarda ishlatilgan – shuning uchun insonlar ularni qanday qilib saqlashni o’rganganlar. Tuzlangan, bijg’itilgan va marinadlangan taomlar unchalik nozik yoki vitaminlarga boy bo’lmagan. Shvetsiya aholisi o’zining turli taomlari bilan maqtana olganlar. Ular ko’plab meva va sabzavotlar iste’mol qiladilar. Shimol tomon yurganimiz sari, tabiiy sharoitlar qiyinlashgan buning natijasida – kulinar an’analar yomonroqdir.

Skandinaviyadan sabzavotlar

Marinadlangan va tuzlangan sabzavotlar Skandinaviya taomlarining asosiy vitaminlar manbaidir. Uzun qishlar va qisqa yozlarga qaramasdan sabzavotlar Skandinaviyaliklarning dasturxonida mavjuddir.

Scandinavian Salmon Recipe

Uzun qish uchun sabzavotlar

Skandinaviya qishlari uzun va havo unchaliq do’stona bo’lmaganligi sababli, sabzavotlar iliqloq mamlakatlardagi kabi dasturxonda ko’plab uchramaydi. Biroq bu umuman bo’lmaydi degani emas. Ularni tuzlash va marinadlash ommaviy an’anadir. Eng mashhuri to’g’rab, shakar va qalampirmunchoq qo’shib sirkaga solingan  marinadlangan qizilchalardir. Sabzi, karam, tsukini, bulg’or qalampiri, bodring va baqlajon kabi sabzavotlar ham marinadlanadi. Shvetsiya va Norvegiyada shirin tuzlangan bodringlar mashhurdir.

Scandinavian cuisine and culinary history

Baliq asosdir.

O’simlikni kamligi va hayvon boqish bilan bog’liq qiyinchiliklar Skandinaviya taomlarining asosiy unsuri shubhasiz baliqlari bo’lishiga sababdir, va ular orasidagi qirol, tansiq mazaga ega – lososdir.
Norvegiya dasturxonining boyligi

Bundan tashqari Norvegiyada losos bilan bog’liq boy kulinar an’analar mavjud. Lososni tansiq deb bilgan Norvegiyaliklar uni turli usulda taqdim etadilar: qovurilgan (stekt laks), dudlangan (røkt laks), qaynatilgan (kokt laks), grilda pishirilgan (grillet laks), tuzlangan (gravet laks), qiymalangan (laks tartar), sho’rvada (fisze suple) yoki lag’monlar bilan.

Norvegiyaliklar yana boshqa baliqlardan tayyorlangan taomlarni ham sevadilar. Eng mashhurlari fiskeboller – baliq qiyma go’shtidan tayyorlangan oq sousda taqdim etiladigan kotletlar. Eng mashhurlaridan yana biri Stavangerda tutilgan kichik sardinalar – brislinger. Asrlar davomida sardinalar shu yerda yetishtirilib butun Yevropa dasturxonlariga yetib boradi.

Norvegia pudingi

Norvegiyaliklarning nozikligi chegara bilmaydi – fiskepudding, baliq pudingi asosiy taom yoki nonga qo’shimcha taom sifatida taqdim etiladi.
 Scandinavian Rice Pudding Recipe

Norvegia lososini haqiqiy mazasi va hidini bilish uchun – Fisketorgetdagi baliq bozoriga borish lozim. Ko’plab mutaxassislarning fikricha bu butun Skandinaviyadag eng yaxshi baliq bozoridir. Tabiiy va boqilgan lososdan tashqari siz Norvegiyaning daryo, ko’l va dengizida uchraydigan barcha turdagi baliqlarni topishingiz mumkin. Shuning uchun bu yerda seld (sild), forel (ørret), treska (torsk), kambala (kveite), skumbriya (makrel), va hattoki kit go’shtini (hvall) topishingiz mumkin.

Eng kuchli va hushbo’y hid quruq baliqlar sotiladigan rastalardan va aholi tomonidan „stockfish” deb nomlangan joydan keladi. Ba’zilar uchun ushbu hid eng a’lo, boshqalar uchun esa badbo’y bo’lishi mumkin. Stockfish bu quyoshda quritilgan treska balig’idir. Quyoshda isitilganda u o’zini hididay noyob tam oladi, ba’zilar uchun u og’izdagi jannat boshqalar uchun esa yeb bo’lmaydigan narsa. Tarkibida suv bo’lmagan go’sht o’zini ta’mini va ozuqaviy elementlarini saqlab qoladi va eng muhimi suvga botirilganda o’zini o’lishidan oldingi shaklini, ta’mini va hidini tiklaydi.

Yer ostidagi losos

Daniya tansiq taomi asal to’ldirilgan loydan yasalgan humga solingan lososdir. Yaxshilab berkitilgan humni harorat past bo’lgan yerni ostiga bir necha oyga ko’miladi. Bu davrda losos go’shti maxsus hid va ta’mga ega bo’ladi. Bu taom to’g’ralgan piyoz bilan taqdim etiladi. Lososni yerga ko’mish g’oyasi Aland orollarida tug’ilgan.

, ,