Eng zo’r dunyo taomlari

chiroyli

Milliy taomlarni mazasini va an'analarini kashf qiling.

Dunyo taomlari oshxonangizda!

Ovqat tayorlash zerikarli emasligini o’zingiz uchun ochishingiz mumkin. Biz sizni dunyoning shirin taomlarini kashf qilsh uchun sayohatga taklif qilamiz. Sizga yangi lazzatli taomlarini topishga yordam beramiz. Turli hil xalqlarning ovqatlanish an’analari haqida ma’lumot olasiz. Qaysi taomlar sizningcha eng shirin bo’lishi mumkin? Quyosh issiqligini o’z ichiga olgan Italiya taomlari, achchiq Meksika ovqatlari, nafis Fransiya yoki hushbuy Sharq taomlarimi? Shu savollarga hozirda javoblarni toping.

Biz sayohatni, Italiya va Turkiya taomlari ta’sir ko’rsatgan Yunon taomlari bilan boshlaymiz. Yunon taomlari, O’rtayer dengizi hududiga xos bo’lgan o’simliklar, sabzavotlar va zaytun yog’iga asoslangan. Yunon taomlarining siri hamma birgalashib ziyofat qilishidadir. Yunonlar yaxshi ovqatlnishni yaxshi ko’radi va shu sababli shirin taomlarni qadrlaydi. Eng qiziqarlisi shuki, yunonlar o’zlarining asosiy taomi bo’lgan souvlaki taomi taklif qilinadigan restoranga borish uchun  katta masofani bosib o’tishga tayor.

Biz ovqatlarga nisbatan soddaroq yo’lni tanlagan Ispan  taomlari sari sayohatimizni davom etamiz.  Ularni bizni tarkbidagi go’sht, baliq va sabzavot mahsulotlarining hilmahilligi bilan ta’sirlantiradi. Bu taomlarning unikal ta’mlari tarixda Iberiya yarimorolida istiqomat qilgan xalqlar yordamida paydo bo’lgan. Ispaniya, paella va gazpacho kabi taomlari bilan mashxur.

Keyingi mamlakat – Yaponiya. Dunyoda eng sog’lom taomlar sifatida tan olinib tabiiydir. Bugungi kunda biz sushi barlar butun dunyoda juda tezlik bilan ko’payib ketayotganiga guvoh bo’lishimiz  mumkin. Oq guruch va soya deyarli hamma taomlarda uchraydi. Yapon taomlari bizni hayratda qoldirib o’zining soddaligi va xomligi uchun hammaga ham to’gri kelmaydi. Ovqatlanish marosimini Yaponiyada nafaqat qorinni to’ydirish balki mistik va estetik tajriba sifatida ham qaraladi. Chiroyli tortilgan taomlar nafфqat kayfiyatimizni ko’taradi balki aqlan va ma’nan rivojlanishimizga yordam beradi.

Meksika taomlari bugungi kunda juda mashxur bo’ldi. Ispaniya konkistadorlari o’zlarini turli hil sohalarda, xususan oshpazlik sohasida ko’rsatgan Meksikaga sayohat qilamiz. Ikkta madaniyatning to’qnashishi juda mazali va hushbuy taomlar kelib chiqishiga olib keldi. Ispanlar kelishidan avval jo’xori asosiy taom hisoblanib Meksika noni – tortilla tayorlash uchun ishlatilgan edi.

Navbat Tailand taomlariga. Shirin va nordon hamda achchiq va shirin ta’mlarning ideal aralashmalari shu mamlakatni ziyorat qilib taomlarini tatishga sabab bo’ladi. Yangi o’simliklarni, limon o’ti, koriandr va laym sharbati kabi hushbuy hidlarni ishlatish shu mamlakatning xususiyatidir. Shu kabi, Osiyo taomlarining guruchi ko’p taomlarning asosiy tarkibi bo’lib kelmoqda. Hushbuy hididan tashqari, Tailand taomlarida ularning bezatilishiga alohida e’tibor beriladi va bu o’z navbatida san’at darajasiga yetgan.

Mukammal va hilmahil hisoblangan taomlar Hind taomlaridir. Shubhasiz, dunyoning eng zo’r vegetarian taomlarini aynan shu yerda topishimiz mumkin. Odatiy ovqatlanish salat, asosiy taom, sabzavot va guruch bilan iste’mol qilinadigan chapati nonidan tashkil topadi. Hind xalqi e’tiqodiga ko’ra ovqat bu ilohlarning tortiqidir va shu sababli uni tayorlash uchun ancha vaqt talab qilinadi va e’tibor, jiddiylik bilan iste’mol qilinadi.

Endi navbat, gurmanlar tomonidan eng dunyoning eng mazali hisoblangan Italiya taomlariga. Biz bilamizki, Italiyaning ba’zi taomlari miloddan avvalgi 4-asrdan yetib kelgan. Taomlarning tarkibida sarimsoq, za’far, oregano, sharob va zaytun yog’ini topishimiz mumkin. Taomlar qiyin emas lekin o’zining hilmahilligi va hushbuy hidi bilan hayratda qoldiradi. Yangi o’simliklarning, pamildorilarning, muruchning va piyozning hidlari naqadar shirin! Dunyoning eng ziravor go’shtlari Italiya quyoshi ostida quritilishini ham bilib qo’yishimiz kerak.

Spagetti va pitsa Italiya taomlarining ramzi bo’lsa ham ularning  to’la boyligi, hilmahilligi va xususiyatlarining to’la ko’rsatib bermaydi

Keyingi navbat ko’pchilik gurmanlar tomonidan dunyoda eng yaxshi deb tan olingan Fransiya taomlariga.  Ovqatlanish o’rta Fransuzning ajralmas qismidir va biz aynan Fransuzlar yaxshi hayot kechirish san’atini yaratganiga hayratlanmasligimiz kerak. Bu taomlar Fransuzlarning o’zi sababli butun dunyoga tanilgan. Piyoz sho’rvasi, baget yoki murakkab bo’lgan qurbaqa oyoqlari kabi taomlarni oddiy fuqaro ham aytib berishi mumkin. Sizning oldingizda

 

Tepada aytib o’tilgan dunyo taomlari sayohatimizni faqatgina boshlanishidir. Bulardan tashqari boshqa taomlarni topishimiz mumkin. Sizning oldingizda dunyoning hushbuy taomlariga qo’llanma.

Ba’zida to’xtab,  tanlangan taomlarni va reseptlarni iste’mol qilgan afzal.

YOQIMLI ISHTAHA!

, , , , , , , , , , , , ,