Ratatuy – Nitsa shahrining sabzavotli taomi

  • 60 min
  • oson
  • 4

Foydalanuvchining bahosi
1 Yulduz2 Yulduzlar3 Yulduzlar4 Yulduzlar5 Yulduzlar (10 ovozlar, o'rtacha: 3.80 dan 5)
Loading...Loading...

Ratatuy dunyoning eng mashhur sabzavotli taomini tayorlanishi.

Ratatuyni kelib chiqishi Nitsa shahri. Ushbu taom asosan sabzavotlardan: baqlajon, bulg'or qalampori, pomidor, qovoq hamda tsukinidan tayorlanadi. U asosiy taom yoki gazak sifatida taqdim etilishi mumkin.

Ingrediyentlar

1 kg pishgan pomidorlar 2 dona rangli bulg’or qalampiri 1 dona katta baqlajon 1 osh qoshiq tuz ¾ stakan zaytun yog’i 1 dona qovoq 1 dona tsukini 2 dona katta piyoz 3 dona sarimsoq tishi 100 ml quruq qizil sharob 3-4 dona jambil shohchasi 5 osh qoshiq yangi to'g’ralgan petrushka 5 osh qoshiq yangi torg’algan rayhon Yangi maydalangan murch 1 dona limon suvi  

tayorlov

  • Baqlajonlarni yuvib to’rtburchak shaklida to'g’rang
  • Unga tuz sepib 25 daqiqaga suvini sirqitish uchun elakda qoldiring
  • Pomidorlarni arching to’rtga bo’lib urug’uni olib tashlang
  • Piyoz, qovoq hamda tsukinini turtburchak shaklida to’g’rang.
  • Katta tovada yog’ni isiting, qovoq va tsukinini 4-6 daqiqa qovuring. Yog’ini sirqitib boshqa idishga soling. Tovaga 2 osh qoshiq zaytun yog’i quying va bulg’or qalampirlarini 5 daqiqa qovuring. So’ngra ularni boshqa sabzavotlar turgan idishga soling.
  • Baqlajonni yuving va quriting, 3-4 osh qoshiq solingan yog’da qovuring. Ehtiyot bo’ling kuyib ketmasin. 6-8 daqiqadan so’ng baqlajonni qolgan sabzavotlarga qo’shing.
  • 3 osh qoshiq yog’ni tovaga quying va piyoz bilan maydalangan sarimsoqni qizdiring, so’ngra sharob qo’shib uni bug’lanib ketishini kuting. So’ngra pomidor, jambil va 2 osh qoshiq petrushka qo’shing. 8-12 daqiqa past olovda pishiring.
  • So’ngra barcha sabzavotlarni qo’shib past olovda 12 daqiqa davomida pishiring. Sabzavotlar yumshoq bo'lganidan so’ng, olovdan olib ustiga petrushka va 4 osh qoshiq rayhon seping.
  • Taomga tuz, limon suvi hamda qolgan rayhonni seping.Taomni taqdim etish:
Taomni issiq yoki sovuq holda non va makaron bilan taqdim etishingiz mumkin.  

, , , , , ,