Pain à l’ail – sarimsoqli Fransuz baguette

  • 30 min
  • oson
  • 4

Foydalanuvchining bahosi
1 Yulduz2 Yulduzlar3 Yulduzlar4 Yulduzlar5 Yulduzlar (3 ovozlar, o'rtacha: 4.33 dan 5)
Loading...Loading...

Fransuz taomlarining ramzi - sarimsoqli baguetteni tayyorlash usuli.

Baguette, uzun non, Fransuzlarni ayniqsa Parijliklarni ramzlaridan biri. Eyfel minorasi, sharob, beretka yoki pishloq kabi u ham ramz hisoblanadi. Fransiyadan tashqarida baguetteni ko’plab turi bo’lishiga qaramay, ular dunyoning ko’p davlatlarida mashhurdir

Ingrediyentlar

2 baguette 4 katta sarimsoq donachasi 2 osh qoshiq maydalangan petrushka 2 osh qoshiq maydalangan rayhon 1 chashka qirg’ichdan o’tkazilgan Cheddar pishlog’i, Parmigianino yoki boshqa qattiq pishloq 1 choy qoshiq tuz 7 osh qoshiq saryog’ 6 osh qoshiq zaytun yog’i

tayorlov

  • Saryog’ni yumshating so’ngra zaytun yog’i, maydalangan sarimsoq va tuz qo’shing. Bir xil turdagi qorishma hosil bo’lguniga qadar aralashtiring.
  • Maydalangan petrushkani qoshing va asta aralashtiring.
  • Endi baguetteni ikkiga bo’lishingiz mumkin va har birini oxiriga qadar 2-3 sm uzunlikda sendvich hosil qilib kesing. So’ngra kesilgan bo’laklar orasiga sarimsoq suring va baguette  ustiga biroz saryog’ suring.
  • Endi har bir baguetteni alyuminiy qog’ozga o’rang, 180° C darajada qizdirilgan duxovkada 10-12 daqiqa davomida pishiring.
  • Baguettelarni duxovkadan olgandan so’ng oching va ustiga pishloq seping so’ngra 5 daqiqa davomida duxovkada qizartiring.
Taqdim etish: Ushbu jigarrang va qarsildoq baguettelar duxovkadan olinib, kichikroq bo’laklarga bo’linishi lozim. Ularni issiqligida taqdim etish lozim. Qarsildoqlardan zavqlaning.  

, , , , ,