Fransiya taomlari

chiroyli

Taomlar bo’yicha ekspertlarning ta’kidlashicha Fransuz oshxonasi dunyodagi eng zo’r oshxona deb hisoblanadi.

Fransuz oshxonasi Fransuz millatining madaniyati bilan chambarchas bog’liq bo’lib, kulinariya san’ati beshigi va oshpazlar uchun jannatmakon deb hisoblanadi. Uning butun dunyoga mashhurligini fransuzlarning ma’lumoti darajasi, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar taomlar haqida bemalol baxslasha olishidan bilsa bo’ladi. Har bir Fransuz uchun oshxona bu kundalik hayotning ajralmas bo’lagi va shu sababli Fransuzlarning yaxshi yashash san’atiga, ya’ni savoir vivrega, asos solishi be’jiz emas.

Ratatuy – sabzavotlardan gulyash

Bu taom kelib chiqishi joyi Provansdan, yanada aniqroq qilib aytadigan bo’lsak Nitsadan. Ratatuyning asosiy tarkibi bu sabzavotlardir. Pomidor, piyoz, baqlajon, sukkini va qalampirlar bu taomning asosini tashkil etadi. Bu ajoyib taom o’zi shundoq ham shirin bo’lib, uni yana boshqa taomlar yoniga qo’shimcha qilib iste’mol qilish ham mumkin.
 French Food Culture and Recipes

Fransuz kulinariya shirinliklari

Boshqa millatlar oshxonasiga o’xshab Fransuz oshxonasi ham nomini eshitishingiz bilanoq ishtahangizni ochib yuboradigan delikateslari bilan mashhur. Lekin, bularning orasida tatib ko’rishingiz oson bo’lmaydigan ba’zi delikateslar ham bor, misol uchun ichaklardan qilingan Fransuz kolbasalari. Ammo lekin, Fransuz oshxonasining eng mashhur va muhim bo’lagidan biri bu – shak-shubhasiz bagetdir. Fransuzlarning non mahsulotlarga bo’lgan alohida e’tibori bagetning mashhurligiga shak-shubhasiz ta’sir ko’rsatadi. Baget deyarli barcha ovqatlar bilan iste’mol qilinadi.

Shilliq qurt..

Shilliq qurtlarining Fransuz oshxonasida mashhurlashishiga “Fransuz oshxonasi san’ati” kitobi yozuvchisi Antuan Karem sabachidir. Ushbu yog’da piyoz va petrushka bilan tayyorlangan mitti molyuskalar shunchalik mashhur bo’lib ketganki, ular uchun shilliq qurtlarning qizdirilgan chig’anog’ini ushlab turadigan va ichidagi molyuskani maxus vilka bilan tortib olishga moslashtirilgan idishlar ham yaratilgan.

Shilliq qurtlarni iste’mol qilishni yaxshi ko’ruvchilar ularning tortilishidan oldin ularning tayyorlanish jarayoni qanchalik qiyin ekanligini ko’z oldiga ham keltira olmaydilar. Shilliq qurtlar organizmini har xil ovqat qoldiklaridan toza bo’lishi uchun ularni 10 kun och qo’yishadilar. Keyin, ular tozalab yuviladi, qaynatiladi, muzlatiladi va yana 3 marta qaynatiladi. Sovutilgandan keyin ular chesnok yog’i surilgan sterillangan chig’anoqlariga solinib idishlarga tortiladi.

Pishloqqa boy

Fransiyaning aqlga sig’maydigan mintaqaviy xilma-xilligi hamda beqiyos ob-havosi, landshaftlari va uy hayvonlarining turliligi pishloqlarning o’ta ko’p, ya’ni 370dan ortiq turli bo’lishiga olib keladi. Pishloqlar tayyorlanishiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi: yangi tayyorlangan pishloq, oq mog’ar bilan qoplangan yumshoq pishloq, qobiqli pishloq, ko’k pishloq, echki sutidan tayyorlangan pishloq, etilmagan va etilgan pishloqlar. Pishloq Fransuz oshxonasining ajralmas qismi bo’lib uni tushlik va kechki ovqatga yog’och taxta ustiga solib tortiladi.

 french wine

Vino

Fransuzlar suv, sut, choy va pivo o’rniga vino ichadilar. Fransuzlarning ovqat paytida bir stakan vino ichmasligini ko’z oldimizga keltirish qiyin. Odatda Fransuzlar unchalik mashhur bo’lmagan, ko’pincha kichkina yoki mahalliy sharobxonalardan sotib olingan vinolar iste’mol qilishadilar, bayram kunlarida esa yaxshiroq va mashhurroq bo’lgan sharobxonalar vinolarini iste’mol qilishadilar. Hisob-kitoblarga qaraganda har bir Fransuz bir yil davomida 100 litr vino iste’mol qiladi ekan.

Kun tartibi

Fransuzlar har bir taom uchun masalliqlarni alohida e’tibor bilan tanlashadi, menyuning boyligi bayram, bayramona kunlar, kun vaqti yoki oshpazning mahoratlariga bog’liq bo’ladi. Ovqatlanish paytlari mintaqalarga qarab har xil bo’ladi, lekin umuman aytganda kofe, choy yoki issiq shokolad bilan djem kruassandan tarkib topgan ertalabki nonushta ertalabki soat 7 va 9 orasida iste’mol qilinadi. Tushlik kunning o’rtasida va kechki ovqat esa odatda kechki soat 8 dan boshlanadi.
, , ,