• cooking

Sousli jo’ja

chiroyli

Qarang Hindistonning ushbu mazali taomini tayyorlash qanday oson - u juda sodda! Hindistonning mazali taomi uchun bosqichma bosqich tayyorlash yo'riqnomasi va video retsept.

Videoni tomosha qiling va biz bilan taom tayyorlang!

Blenderda petrushkani achchiq qalampir va 10 dona Hind yong’oqlari bilan aralashtiring. Bizga yana sarimsoq va zanjabilli pasta kerak bo’ladi. Buning uchun biz blenderda teng miqdorda sarimsoq va zanjabil tomirini aralashtirdik.

Go’sht hushbo’y bo’lishi uchun, tovaga ozgina zaytun yog’i quyamiz, yog’ga qirg’ichdan o’tkazilgan kashnich va zira qo’shamiz. Ziravorlarni bir necha daqiqa qovuramiz, so’ngra 2 osh qoshiq sarimsoq va zanjabil pastasini qo’shamiz va ozgina quritilgan kakos yong’ogidan qo’shamiz.

Bir daqiqa qovuramiz va petrushkadan tayyorlangan sousni qo’shamiz. Sous qo’yiqlashgunga qadar qovuramiz. Tovuq go’shtini, yarimta limon suvi qo’shamiz, yaxshilab aralashtiramiz, yarim stakan qatiq va tuz qo’shamiz. Qopqog’ini yopamiz, olovdan olib marinadlanishi uchun qoldiramiz.

Ungacha, garnir tayyorlaymiz. Tayyor guruchni likopga solamiz. Keyin esa chuqur tovada to’g'ralgan sabzi va brokkolini qovuramiz. Ularga murch va kurkuma qo’shamiz. Sabzavotlarni guruch ustiga solamiz. Marinadlangan tovuq go’shtini o’rta olovga qo’yamiz va 10 daqiqa qovuramiz.

Tovuq go’shti bo’laklarini garnir atrofiga solamiz va an’anaviy Hind retseptlari asosida tayyorlangan mazali hamda foydali sousli jo’jadan bahramand bo’lamiz.

Ushbu taomni tayyorlash uchun masalliqlar ro’yxati:

Sousli jo’ja

, , , , , , , , ,