• cooking

Rus kulebyakasi

mazali

Qarang Rossiyaning ushbu mazali taomini tayyorlash qanday oson - u juda sodda! Rossiyaning mazali taomi uchun bosqichma bosqich tayyorlash yo'riqnomasi va video retsept.

Videoni tomosha qiling va biz bilan taom tayyorlang!

Gulkaramni suvini to’kib olamiz va sovuq joyga qo’yamiz. Endi ozgina saryog’ olamiz va tovaga qo’yamiz. Unga muzlatilgan, to’g'ralgan Bonduelle qo’ziqorinlarini solamiz. Yana yaxshilab maydalangan piyoz va sarimsoqni qo’shamiz.

Bu mahsulotlarni aralashmaga qo’shib 3 daqiqa davomida baland olovda qovuramiz. Qo’ziqorinli aralashmani likopga qo’yamiz va baliq go’shtlarini kichik bo’laklarga bo’lamiz. Endi tovaga biroz saryog’ solamiz va baliq go’shtlarini bir daqiqa davomida qovuramiz.

Baliq go’shtini qo’ziqorinli likopga qo’yamiz, yana halqasimon kesilgan zaytunlarni qo’shamiz va yashil piyozni ham. Tuz qo’shamiz va smetana solamiz hamda yaxshilab aralashtiramiz.

Tayyor hamir olamiz, hamirni o’rtasiga baliq va qo’ziqorin aralashmasini qo’yamiz, hamir chekkalarini tortamiz va qisib qo’yamiz. Taomni yog’ surtilgan Pyrex tovasiga qo’yamiz. Duxovkada 25 daqiqa pishiramiz, so’ngra hamir ustiga tuxum surtib yana 10 daqiqaga qoldiramiz.

Taomni sovuq gulkaram va smetana bilan taqdim etamiz.

Rus milliy taomi Kulebyakadan lazzatlaning!

Ushbu taomni tayyorlash uchun masalliqlar ro’yxati:

Rus kulebyakasi

, , , , , , ,