• cooking

Ispancha pyureli sho’rva

mazali

Qarang Ispaniyaning ushbu mazali taomini tayyorlash qanday oson - u juda sodda! Ispaniyaning mazali taomi uchun bosqichma bosqich tayyorlash yo'riqnomasi va video retsept.

Videoni tomosha qiling va biz bilan taom tayyorlang!

Avvaliga pomidorlarni po’stini archamiz, buning uchun ozgina kesib ustiga qaynoq suv quyamiz. Endi terisi oson archiladi. Pomidorni archiymiz. Kub shaklida to’g'raymiz. Endi konservalangan pomidor sousli qizil Bonduelle loviyasini oq Bonduelle loviyasi bilan aralashtiramiz pomidor sousini to’kib yubormaymiz! Blenderda maydalaymiz pyure holatiga keltiramiz. Va kastryulkaga solamiz, ozgina suv qo’shamiz va qaynoqqa keltiramiz.

Pyure qaynagunga qadar, pomidorlarni zaytun yog’ida qovuramiz va bulg’or qalampirini duxovkada pishiramiz. Qovurilgan pomidorlarni kastryulkaga to’kamiz va yana bir necha daqiqa qaynatamiz. Pishirilgan bulg’or qalampirlarni qalamcha shaklida to’g'raymiz va pyurega qo’shamiz. Ta’bga ko’ra tuz va murch sepamiz.

Taomni qaymoq va tuxum sarig’ini qo’shgan holda qaynoq holda taqdim etamiz, va lazzatli va foydali ispancha pyure sho’rvadan bahramand bo’lamiz.

Ushbu taomni tayyorlash uchun masalliqlar ro’yxati:

Ispancha pyureli sho’rva

, , , , , , , ,