• cooking

Argentina oshqovoq so’tasi

foydali

Qarang Argentinaning ushbu mazali taomini tayyorlash qanday oson - u juda sodda! Argentinaning mazali taomi uchun bosqichma bosqich tayyorlash yo'riqnomasi va video retsept.

Videoni tomosha qiling va biz bilan taom tayyorlang!


Jo’xorini kosaga to’kamiz va yasmiq qo’shamiz. O’rtacha oshqovoqni ustini kesib tashlab qoshiq bilan urug’ va yumshoq qismini olib tashlaymiz. Unga saryog’ surtamiz, ichlari va kesilgan joylarini moylaymiz, va duxovkaga 1 soatga qo’yamiz.

Qovog’imiz tayyor bo’lgunga qadar, kartoshkani katta bo’laklarga bo’lamiz. Endi bulg’or qalampirini yupqa qillib to’g'raymiz. Yana biz piyozni yupqa halqa shaklida to’g'radik va sarimsoqni maydaladik.

Endi pomidorlarni archamiz. Buning uchun biz ozgina kesamiz va qaynoq suv quyamiz. Endi terisi oson olinadi. Pomidorlarni kub shaklida to’g'raymiz.

Kashnichni barglarini ajratamiz. Chuqur tova olamiz o’simlik yog’i quyib piyoz, sarimsoq va bulg’or qalampirini qovuramiz. Kartoshka qo’shamiz, pomidorlarni va quritilgan o’rikni ham, aralashtirib qovuramiz. 5 daqiqadan so’ng tuz sepamiz, hushbo’y kashnich va zira qo’shamiz, va ustiga suv quyamiz. Qaynatib 5 daqiqa past olovda pishiramiz. So’tani qovoq ichiga solamiz, kashnich qo’shamiz, jo’xori va yasmiqni ham. Endi yana 5-7 daqiqa pishiramiz!

Qaynoq holatda taqdim etamiz va an’anaviy Argentina retsepti asosida tayyorlgan mazali hamda foydali Argentina qovoq so’tasidan bahramand bo’lamiz.

Ushbu taomni tayyorlash uchun masalliqlar ro’yxati:

Argentina oshqovoq so’tasi

, , , , , , , ,