MAHSULOTLAR Kaloriya va ozuqa jadvali

mazali

Taom tayyorlashda Siz qo'llanadigan turli masalliqlarni kaloriya va ozuqaviy qiymatini tekshiring.

Oz kaloriyali – ta’mga boy

Insonlar ko’pincha oz kaloriyali taomlar tayyorlash mazali ta’mni qurbon qilish deb o’ylaydilar. Biroq bu noto’g’ri fikr. Sabzavotlar asosan unchalik ko’p kaloriyali bo’lmaganligi uchun siz nafaqat oshqozonni qoniqtiradigan balki ta’mi ham barchaga manzur bo’ladigan taomlarni taqdim etishingiz mumkin. Siz oshxonada mazali taomlarni tayyorlab zavqlanasiz.

Taomni asl ta’mini topishga harakat qiling – sabzavotlar va go’sht – hech qanday sun’iy souslar va qo’shimchalarsiz va shunda siz qancha ta’mlar yashiringanligini bilib olasiz.

Oz kaloriyali taomlar ham zerikarli bo’lishi kerak emas. Har kuni bozorlarda paydo bo’layotgan turli rangli va tuzilishli masalliqlarni xam o’ynashingiz va mazali taomlarni tayyorlashingiz mumkin.

Oz kaloriyali – ta’mga boy

Muqobillarni topish san’ati

Ba’zi taomlarda juda ham oz kaloriya hisobi va ko’plab ozuqalar borligini ko’rganingizdan so’ng foydali va shu qatorda ma’zali muqobillar dunyosi siz uchun ochiladi.

Kaloriyalar jadvalini ko’rib chiqing va doimiy tanlovingizga nisbatan qancha foydali muqobillar borligini bilib oling.

Misol uchun 3 osh qoshiq mayonezni 1 osh qoshiq mayonez va 2 osh qoshiq Grek yogurt bilan almashtirish, ta’mni o’zgartirmasdan kaloriya iste’molini kamaytirishning eng sodda yechimlardan biridir.
Quyidagi kaloriya jadvalini ko’rib chiqing va mazali taom tayyorlash va tayyorlashdan zavq oling.

, , , , ,